Halo-halo, toʻgʻriroq va rasmiy yozilishi haluhalo, Filippinda mashhur sovuq desert boʻlib, u maydalangan muz, bugʻlatilgan sut yoki baʼzan kokos suti hamda ube murabbosi (ube halaya), shirin kallak loviya yoki noʻxat, kokos boʻlaklari, sago, gulaman (agar-agar), pinipig, qaynatilgan taro yoki kub shaklida yumshoq yamslar, flan, meva murabbosi boʻlaklari yoki qismlari va boshqa ildizmeva konservalari bilan tayyorlanadi. Desert ustiga koʻpincha bir qoshiq ube muzqaymogʻi qoʻyiladi, baʼzan esa qovun yoki kokos kabi boshqa meva asosidagi muzqaymoq turlari ham ishlatiladi, biroq koʻpincha umuman muzqaymoqsiz ham isteʼmol qilinadi. Odatda baland shaffof stakanda va uzun qoshiq bilan tortiladi. Haluhalo Filippinning norasmiy milliy deserti hisoblanadi.
Haluhalo odatda juda koʻp hollarda halo-halo deb yoziladi, bu esa inglizchaga koʻpincha notoʻgʻri tarzda „mix-mix“ („aralash-aralash“) deb tarjima qilinadi. Haluhalo bu soʻzning grammatik jihatdan toʻgʻri yozilishi boʻlib, Filipin tili komissiyasining rasmiy lugʻatida shunday koʻrsatilgan. Bu soʻz, faqat desertni emas, umuman, filipin tilida „birga aralashgan“ degan maʼnoni bildiruvchi sifatdir. U „aralashtirmoq“ maʼnosini anglatuvchi filippincha halo feʼlining takrori hisoblanadi.
Tarixi Haluhaloning kelib chiqishi urushdan oldingi yapon filippinliklariga va kakigōri turkumidagi yapon desertlariga borib taqaladi. Haluhaloning ilk turlaridan biri mahalliy ravishda monggo con hielo (oʻz navbatida ispan-filippin deserti maíz con hielodan olingan) yoki mongo-ya nomi bilan tanilgan boʻlib, unda faqat siropda qaynatib pishirilgan mung loviyalari (tagalogcha: monggo yoki munggo, Yaponiyadan keltirilgan qizil adzuki loviyalar oʻrnida ishlatilgan), maydalangan muz ustiga sut va shakar bilan solib tortilardi (minatamis na monggo).
Vaqt oʻtishi bilan koʻproq mahalliy mahsulotlar qoʻshila boshladi va zamonaviy haluhalo shakllanib rivojlandi. Haluhalo va uning yapon ajdodi oʻrtasidagi farqlardan biri masalliqlar asosan muzning ustiga emas, tagiga joylashtirilishidir. Dastlabki monggo con hielo hali ham uchraydi, unga oʻxshash, siropda pishirilgan shirin makkajoʻxori ishlatiladigan (mais con hielo) yoki saba bananlari ishlatiladigan (saba con hielo) turlari ham mavjud.
Baʼzi mualliflar haluhaloni aynan 1920–1930-yillardagi yapon muhojirlari bilan bogʻlaydi, ular Kiyapo, Maniladagi Kinta bozorida ushbu desertni yaratgan, deb hisoblanadi, chunki bozor Insulyar muz zavodiga – Kiyaponing asosiy muz manbaiga juda yaqin joylashgan edi. Insulyar muz zavodini 1902-yilda amerikaliklar qurgan va u butun Filippin uchun muz yetkazib beruvchi boʻlib xizmat qilgan. Biroq muz zavodining qurilishi Filippinda muz paydo boʻlishining birinchi holati emas edi. 19-asr oʻrtalarida Amerika Qoʻshma Shtatlari Venham koʻlidan olingan muzlarni, jumladan, Hindiston, Avstraliya va Filippinga ham eksport qilgan.
Taʼrifi
Haluhalo uchun qatʼiy belgilangan masalliqlar toʻplami yoʻq, chunki tarkib juda xilma-xil boʻlishi mumkin, biroq desert odatda shakar palmasi mevasi (kaong), kokos (makapuno), siropda pishirilgan saba plantainlari (minatamis na saging), jagut (langkâ), agar jelelar (gulaman), tapioka marvaridlari, nata de coco, siropda pishirilgan shirin kartoshka (minatamis na kamote), siropda pishirilgan turli loviya, yanchilib qovurilgan guruch (pinipig) va koʻpincha muzqaymoqni ham oʻz ichiga oladi.
Masalliqlar maʼlum tartibda joylashtiriladi. Mevalar, loviya va boshqa shirinliklar pastiga solinadi, ustiga maydalangan muz qoʻyiladi va nihoyasida leche flan, ube halaya (ezilgan binafsharang yams), muzqaymoq yoki ularning istalgan kombinatsiyasi bilan bezatiladi. Bugʻlatilgan sut yoki baʼzan kokos suti tortish paytida ustidan quyiladi. Ube muzqaymogʻi koʻpincha ube halayasi oʻrnida yoki u bilan birga qoʻllanadi, boshqa mevali muzqaymoq turlari ham ishlatilishi mumkin. Biroq haluhaloning koʻplab turlarida desertning allaqachon sut va turli shirin masalliqlarga boyligi sababli uning ustiga muzqaymoq qoʻyilmaydi – haddan tashqari shirin va qaymoqli boʻlib ketmasligi, aralashtirilganida taʼmlar muvozanatini buzmasligi uchun. Agar haluhalo muzqaymoq bilan tortilsa, odatda avval muzqaymoqni alohida yeb, keyin qolgan masalliqlar aralashtiriladi. Mamlakat boʻylab haluhaloning turli mahalliy va mintaqaviy turlari mavjud boʻlib, ular oldin sanab oʻtilgan masalliqlardan oʻzgacha va/yoki qoʻshimcha masalliqlarni oʻz ichiga olishi mumkin, masalan, shirin vintermelon, durian va qulupnay muzqaymogʻi va boshqalar.
Visay mintaqasida binignit deb ataluvchi oʻxshash desert bor, u tagalog tilida „ginataang haluhalo“ („kokos sutida [turli masalliqlar] aralashmasi“) deb ataladi va odatda „ginataan“ deb qisqartiriladi. Unda ham aksariyat bir xil masalliqlar ishlatiladi, biroq odatda issiq holda tortiladi.
Ommaviy madaniyatda Haluhalo Anthony Bourdain: Parts Unknown dasturining 1-mavsum, 2-qismida boshlovchi Anthony Bourdain Jollibee (filippincha tezkor ovqatlanish tarmogʻi)ning Los-Anjelesdagi filialiga tashrif buyurganida namoyish etilgan. Bourdain desertni maqtadi va uni „gʻalati darajada chiroyli“ deb atadi. U oʻz Twitter sahifasida desert suratini joylagan. Koʻrsatuvda desert 7-mavsum, 1-qismida yana bir bor namoyish etiladi, bunda Bourdain filippinliklar bu desertni qanday tayyorlashini oʻrganadi.
Haluhalo AQShning realliti teleshousi Top Chefning 4-mavsum, 7-qismidagi „Quickfire Challenge“ (tezkor sinov) taomi sifatida ham namoyish etilgan. Amerikalik ishtirokchi Dale Talde avokado, mango, kivi va yongʻoqlar bilan desert tayyorladi. Talde mehmon hakam Johnny Iuzzini (Jean Georges restorani) tomonidan eng yaxshi uchta tezkor sinov taomi qatoriga kiritildi. Talde keyingi bir sonda ham ushbu taomni yana tayyorladi.
Desert Gʻalati taomlar dasturining „Mazali manzillar“ maxsus sonida ham koʻrsatildiBizarre Foods with Andrew Zimmern#Season 18 - Delicious Destinations (Season 3.29.
Haluhaloni koʻcha rastalaridan tortib, 5 yulduzli mehmonxonalargacha boʻlgan keng doiradagi joylarda uchratish mumkin. Jollibi, Maks’s, Mang Inasal va Chovking kabi filippincha tezkor ovqatlanish tarmoqlari ham haluhalo savdosi bilan shugʻullanadi.
Yana qarang Ays buko Iskrambol Knikkerboker (Filippin)
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Halo-halo – Filippin Inkvayrer internet nashridan
Turkum:Kokosli desertlar Turkum:Filippin oshxonasi Turkum:Yapon fjujon oshxonasi Turkum:Yapon desert va shirinliklari Turkum:Filippin fjujon oshxonasi Turkum:Filippin desertlari Turkum:Tagalogcha soʻz va iboralar