Bhagat Kanvar Ram (1885 – 1939) sindi soʻfiylik qoʻshiqchisi va shoiri edi. U avliyo Satram Das Sohibning shogirdi boʻlib, Raxarkida yashagan.

Hayoti Kanvar Ram 1885-yil 13-aprelda Jarvar qishlogʻida Tarachand Morira va Tirath Bai oilasida, Britaniya Hindistoni tarkibidagi Sind hududi Sakkar tumani (Sukkur)da tugʻilgan. U 1939-yil noyabr oyida Sakkar tumanidagi Ruk temir yoʻl bekatida diniy ekstremistlar tomonidan oʻldirilgan. Kanvar Ram Sinddagi hind va musulmon sindi jamoalari orasida mashhur edi.

Shoir hayotiga bagʻishlangan, Dharam Kumar tomonidan suratga olingan hind sindi tilidagi Bhagat Kanvarram filmi 1952-yilda ekranlarga chiqqan. Hindiston prezidenti Pratibha Patil tomonidan 2010-yil 26-aprelda yodgorlik pochta markasi chiqarilgan.

Manbalar

Havolalar Kanvar Ram biografiyasi Veb-sayt Bhagat Kanvarram kim boʻlgan Bhagat Kanvar Ram – Loli Devvon Pritam Sohib Non – SoundCloud

Turkum:Soʻfiy shoirlar Turkum:1885-yilda tugʻilganlar Turkum:1939-yilda vafot etganlar