Abu Abdulloh Muhammad al-Zagʻal () ( 1444 – 1494) Ispaniyadagi Granadaning 23-nasriy hukmdori boʻlgan. Xristianlar uni Mahoma XIII el Zagal deb atashgan.
Hayoti Muhammad oʻzining ukasi, „Muley Hacen“ nomi bilan ham tanilgan Abu-l-Hasan Ali bilan yonma-yon Granada urushida jang qilgan.
U 1485-yilda ukasining oʻrnini egalladi. 1486-yilda taxtdan voz kechdi. Taxtni jiyani, Boabdil nomi bilan ham tanilgan Muhammad XIIga topshirganidan soʻng, al-Zagʻal saltanatning soʻnggi kunlarida uning parchalangan qolgan qismini boshqargan.
Muhammad XII katolik monarxlariga Al-humro saroyini topshirganida az-Zagʻal qoʻshin toʻplash uchun Shimoliy Afrikaga yoʻl oldi. U yerda u Vattosiylar sulolasi hukmdori, Boabdilning doʻsti tomonidan qamoqqa olindi va uning buyrugʻiga koʻra koʻzi koʻr qilindi.
U, ehtimol, 1494-yilda Jazoirning shimoli-gʻarbida, Tilimsan shahrida vafot etgan.
Manbalar Harvey, Leonard Patrick (1992), Islamic Spain 1250 to 1500, University of Chicago Press Irving, Washington (1832), Alhambra rivoyatlari, Éditions Phébus, 1998 (onlayn nashr)
Havolalar Granadaning Nasriylar sulolasi بنو نصر/النصريون/بنو الأحمر في غرناطة Requiem for Granada, telefilm.
Turkum:Granada sultonlari Turkum:1440-yillarda tugʻilganlar Turkum:1490-yillarda vafot etganlar Turkum:XV asr Yevropa hukmdorlari Turkum:al-Andalusda XV asr Turkum:XV asr arab shaxslari