Denizlispor – Turkiyaning Denizli shahrida joylashgan sport klubi. Jamoa oʻzining yashil va qora ranglari bilan mashhur. Klubning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi va gimnastika boʻlimlari mavjud.
Tarix Denizlispor klubi 1966-yil 26-mayda Chelik Yeşilspor Gençlik va Pamukkale Gençlik nomli ikkita kichikroq yoshlar sport klublarining birlashishi natijasida tashkil etilgan. Ular hozirgi Denizlisporni tashkil etish uchun birlashdilar. Ushbu klub Turkiya futbolining boshqaruv organi – Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) da „Denizlispor“ yoshlar klubi nomi bilan roʻyxatdan oʻtgan. Yangi futbol jamoasi 1966-yil 14-iyulda boʻlajak mavsum uchun Turkiya futbolining 2-divizioniga qoʻshilgan.
Denizlispor 2001-02-yilgi mavsumda Superligada beshinchi oʻrinni egallagan va UEFA kubogiga yoʻllanma olgan. 2002-03-yilgi UEFA kubogida jamoa „Lorient“, „Sparta Praga“ va „Olimpik Lion“ klublarini magʻlub etib, toʻrtinchi turda „Portu“ga yutqazgan va turnirdagi ishtirokini yakunlagan. 2003-04-yilgi mavsumda qora-yashillar klubi yana 5-oʻrinni egallaggan. Denizlisporning klubi darjasi 2004-05-yilgi mavsumdan keyin pasayib ketdi. Denizlispor 2005-06-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida Fenerbahchega qarshi 1:1 hisobida durang oʻynadi va eng yuqori darajada qolishni taʼminlagan. Denizlispor 2009-yil 24-may kuni safarda Ankaragyujyu jamoasiga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan boʻlsa-da, Konyasporga qarshi oʻyindagi yaxshiroq natijalar tufayli Superligada qolgan. Denizlispor 2010-yilgi mavsumda TFF Birinchi Ligasiga tushib ketgan.
2009-10-yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Denizlispor toʻqqiz mavsum davomida TFF Birinchi ligasida ishtirok etgan. 2010-11-yilgi mavsumda Denizlispor mavsumning birinchi yarmini yetakchi sifatida yakunlagan boʻlsada, mavsumni 9-oʻrinda yakunlagan. Keyingi mavsumlarda „Denizlispor“ sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmagan. „Denizlispor“ TFF Birinchi ligasining 2018-19-yilgi mavsumida 72 ochko bilan chempion boʻlgan va Superligaga yoʻl olgan.
Superligada ketma-ket ikki mavsumdan soʻng „Denizlispor“ yuqori ligada ishtirok etishni davom ettira olmadi va TFF Birinchi ligasiga tushib ketgan. 2022-23-yilgi mavsumda „Xoʻrozlar“ jamoasi mavsumni dastlabki 16 oʻyinda atigi olti ochko toʻplagan holda muvaffaqiyatsiz boshlagan, mavsum davomida yomon oʻyin koʻrsatgan. Jamoa oʻz tarixida birinchi marta TFF Ikkinchi ligasiga tushib ketgan. Egey jamoasining pasayishi davom etdi, chunki u 2023-24-yilgi mavsumda TFF 2 dan hham tushib ketdi. Klub TFF Uchinchi ligasiga yoʻl oldi, u yerda oʻz mavqeini saqlab qola olmadi va 2024-25-yilgi mavsum oxirida professional futbol ligalaridan Turkiya mintaqaviy havaskorlar ligasiga tushib ketgan.
Jamoa ramzlari Denizlispor gerbi jamoa asoschisi Yakup Ünel tomonidan ishlab chiqilgan. Toj Denizli provinsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan xoʻroz atrofida joylashgan. Jamoaning ranglari Denizli mintaqasiga xos boʻlgan yashil va qora patli xoʻroz turining ranglaridan kelib chiqadi.
Stadion
„Denizlispor“ oʻz uy uchrashuvlarini „Denizli Otaturk“ stadionida oʻtkazadi. Stadion 18745 kishiga moʻljallangan boʻlib, 1950-yilda qurilgan. Denizlisporning birinchi liga oʻyini 1983-yilda Eskişehirsporga qarshi oʻtkazilgand. Yevropa musobaqalari
Musobaqa Oʻ Gʻ D M UG OʻG GF UEFA kubogi 8 3 2 3 9 12 –3 UEFA Intertoto kubogi 2 0 0 2 3 6 –3 Umumiy 10 3 2 5 12 18 –6
UEFA kubogi: Mavsum Bosqich Davlat Klub Uy Safar Umumiy2002–031RFC Lorient 2–0 1–33–3 (a)2RSparta Prague 2–0 0–12–13RLyon 0–0 1–01–04RFC Porto 2–2 1–63–8
UEFA Intertoto kubogi:
Mavsum Bosqich Davlat Klub Uy SafarUmumiy20011R NK Čelik 3–5 0–13–6
UEFA reytingi tarixi:
Mavsum Oʻrin Ochko Man.2003115 22.4952004112 18.6562005131 17.8722006138 16.6342007126 16.791
Futbolchilar Joriy tarkib
Boshqa shartnoma boʻyicha oʻyinchilar
Ijaraga berilgan futbolchilar
Saqlangan raqamlar
a
a 2001-yilda vafot etganidan soʻng, klub prezidenti Mustafo Baysal uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 18-raqamni muomaladan chiqarishga qaror qildi.
Murabbiylar
Altan Santepe (1966–69) Kadri Aytaç (1969–70)23 April 1970, Milliyet, page 1010 April 1971, Milliyet, page 8 Doğan Emültay (1970–72) İnanç Toker (1972–73) İsmail Kurt (1973–74) Melih Garipler (1974–75) Seracettin Kırklar (1975–76) İnanç Toker (1976–77) Şükrü Ersoy (1977–78) Melih Garipler (1978–79) Mustafa Özkula (1979–81) Refik Özvardar (1981–82) Halil Güngördü (1982–83) Doğan Andaç (1982–83) Nevzat Güzelırmak (1983–85) Özkan Sümer (1985–86) Nihat Atmaca (1986–87) Zeynel Soyuer (1987–88) Fethi Demircan (1988–89) Nihat Atacan (1989–90) Bülent Ünder (1990–91) Behzat Çınar (1991–92) Melih Garipler (1991–92) Ilker Küçük (1992–93) Gündüz Tekin Onay (1992–93) Ömer Kaner (1993–94) Ümit Kayıhan (1994–96) Behzat Çınar (1996–97) Melih Garipler (1996–97) Raşit Çetiner (1997–98) Ersun Yanal (1998–2000) Tevfik Lav (2000–01) Yılmaz Vural (2000–01) Sakıp Özberk (2001–02) Rıza Çalımbay (2001–03) Giray Bulak (2003–05) Nurullah Sağlam (2006) Faruk Hadžibegić (2006) Güvenç Kurtar (2006–08) Ali Yalçın (2008) Ümit Kayıhan (2008–09) Mesut Bakkal (2009) Erhan Altın (2009) Nurullah Sağlam (2009) Hakan Kutlu (2009–10) Hamza Hamzaoğlu (2010–11) Güvenç Kurtar (2011) Serhat Güller (2011) Osman Özköylü (2011–12) Engin İpekoğlu (2012) Yusuf Şimşek (2012–13) Özcan Bizati (2013) Serdar Dayat (2013) Ümit Turmuş (2013) Özcan Bizati (2013–15) Engin İpekoğlu (2015) Mehmet Altıparmak (2015) Ali Yalçın (2015–16) Koray Palaz (2016) Selahattin Dervent (2016) Ali Tandoğan (2016–17) Ali Şimşek (2017) Yusuf Şimşek (2017) Reha Erginer (2017–18) Fatih Tekke (2018) Osman Özköylü (2018) Yücel İldiz (2018–19) Mehmet Özdilek (2019–20) Bülent Uygun (2020) Robert Prosinečki (2020) Kenan Atik (2020) Yalçın Koşukavak (2020–21) Hakan Kutlu (2021) Ali Tandoğan (2021) Serhat Gülpınar (2021) Fatih Tekke (2021–22) Mesut Bakkal (2022) Giray Bulak (2022–23) Kemal Kılıç (2023) Bülent Ertuğrul (2023) Özcan Bizati (2023–2024) Çağdaş Mavioğlu (2024) Şükrü Akar (vaqtinchalik murabbiy) (2024) Ali Yalçın (vaqtinchalik murabbiy) (2024–25) Kürşat Taş (2025–hozirgacha)
Homiylar
Mavsum Homiylar 1983–1987 Emsan 1987–1991 Ofas 1991–1993 VakıfBank 1993–1997 SuperTon and Kinetix 1997–1998 Akça 1998–1999 Evita 1999–2000 Sümerbank 2000–2001 Denizlispor Koleji 2001–2002 Evita 2002–2003 Vestel and Denizbank 2003–2010 Turkcell 2010–2012 Bank Asya 2012–2013 Spor Toto 2013–2014 Tekden 2014–2015 Aydem 2015–2016 Zorlu Enerji 2016–2018 Lezita 2018–2019 Abalı 2019–2021 Yukatel 2021–2022 Pimatech 2022–2024 Rams 2024– no head sponsor
Mavsum Libos yetkazib beruvchi 1993–1995 Umbro 1995–1997 Asics 1997–1998 Puma 1998–1999 Adidas 1999–2001 Puma 2001–2003 Adidas 2003–2004 Puma 2004–2006 Le Coq Sportif 2006–2008 Kappa 2008–2013 Lescon 2013–2015 Umbro 2015–2017 Nike 2017–2018 Barex 2018–2020 Nike 2020–2021 Kappa 2021–2022 Diadora 2022–2024 Nadd 2024– Geges
Nomlash huquqi Homiylik shartnomalariga koʻra klub nomi yillar davomida oʻzgarib kelgan. Tekden Denizlispor (2013–14), Abalı Denizlispor (2019), Yukatel Denizlispor (2019–21), Altaş Denizlispor (2021–23).
Boshqa filiallar Klubda futbol, basketbol, stol tennisi, shaxmat, figurali uchish va gimnastika jamoalari mavjud. Klubning eng mashhur filiali uning futbol jamoasidir.
Manbalar
Havolalar
Denizlispor on TFF.org
Turkum:1966-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Turkiya futbol klublari Turkum:Turkiya Superligasi klublari