Kuba Olimpiya qoʻmitasi (ispancha: Comité Olímpico Cubano, XOQ kodi: CUB) – xalqaro olimpiya harakatida Kuba tomonidan vakillik qiluvchi milliy olimpiya qoʻmitasi. Tashkilot kubalik sportchilarni Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi, Panamerika oʻyinlari hamda Markaziy Amerika va Karib dengizi oʻyinlarida ishtirokini taʼminlaydi. Qoʻmita 1926-yilda Gavana shahrida tashkil etilgan, biroq Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan rasman 1955-yilda tan olingan. Hozirda tashkilotga Xose Fernandes Alvares rahbarlik qiladi.

Yana qarang Kuba Olimpiya oʻyinlarida

Manbalar

Havolalar www.olympic.org/cuba

Turkum:Milliy olimpiya qoʻmitalari