Hadicha Nükhetseza xonim ( – „boy ifor“; 1827-yil 2-yanvarda tugʻilgan – 1850-yil 15-mayda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulmajid I ning xotini.

Hayoti Nükhetsezâ xonim 1827-yil 2-yanvarda tugʻilgan. U abxaz zodagoni Baras Hatuğ bey va gruzin millatiga mansub Ferxune xonimning qizi boʻlgan. Asl ismi – Hadicha xonim Hatug.

Hadicha saroyda Abdulmajid I ning onasi Bezmiâlem Sultonning tarbiyasi ostida voyaga yetgan. Saroyda unga Nükhetseza ismi berilgan. U qoʻshiqlarni aʼlo darajada ijro etuvchi xonanda, shuningdek, mohir rassom va pianinochi boʻlgan.

Nükhetseza Abdulmajidga 1841-yil 21-oktyabrda turmushga chiqqan. Aytilishicha, sulton uning qoʻshiq kuylaganini eshitib unga oshiq boʻlgan. Abdulmajidga turmushga chiqqanidan keyin unga „Ikkinchi iqbol“ unvoni berilgan. 1842-yilda u birinchi farzandi Aliye Sultonni dunyoga keltirgan, biroq qizi oʻsha yilning oʻzida vafot etgan. 1845-yilda Nükhetsezaga „Bosh Iqbol“ (Birinchi Iqbol) unvoni berilgan. Abdulmajid bilan nikohidan 1 yil oʻtgach, 1846-yil 5-iyunda u Eski Çırağan saroyida ikkinchi farzandi, oʻgʻli Shahzoda Ahmadni dunyoga keltirgan. Biroq shahzoda ertasi kuni 1846-yil 6-iyunda vafot etgan. 1846-yilning iyun oyida Fransiya elchisi François-Adolphe de Bourqueney Abdulmajid Rumeliyaga qilgan safaridan kutilmaganda qaytishga majbur boʻlgani, sevimli xotini, endigina „baxtsiz tugʻruq“ni boshdan kechirgan ayolini tasalli berish uchun shoshilinch ravishda saroyga qaytgani haqida qayd etgan.

Oradan 1 yil oʻtgach, 1847-yil 27-noyabrda Eski Beylerbeyi saroyida Nükhetseza xonim uchinchi farzandi Fatma Nazima Sultonni dunyoga keltirgan. Biroq u ham 5 kundan soʻng 1847-yil 1-dekabrda vafot etgan. Yana 1 yil oʻtgach, 1849-yil 23-mayda Eski Beylerbeyi saroyida toʻrtinchi va soʻnggi farzandi, oʻgʻli Shahzoda Mehmed Burhoniddinni dunyoga keltirgan. Burhoniddin uning tirik qolgan yagona farzandi edi.

Oʻlimi Nükhetsezâ xonim 1850-yil 15-mayda sil kasalligidan vafot etgan va Istanbuldagi Yangi masjidning sulton xonimlar maqbarasiga dafn qilingan. Uning oʻlimidan soʻng oʻgʻli Mehmedni Abdulmajidning farzandsiz qolgan boshqa xotini Neverser xonim asrab olgan.

Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Izohlar Aliye Sulton 1842-yil 1842-yil Çırağan saroyida tugʻilgan. Yangi masjidda dafn qilingan. Shahzoda Ahmad 1846-yil 5-iyun 1846-yil 6-iyun Çırağan saroyida tugʻilgan. Yangi masjidda dafn qilingan. Fatma Nazima Sulton 1847-yil 26 noyabr 1847-yil 1-dekabr Beylerbeyi saroyida tugʻilgan. Yangi masjidda dafn qilingan. Shahzoda Mehmed Burhoniddin 1849-yil 23-may 1876-yil 4-noyabr Onasining oʻlimidan soʻng uni Neverser xonim asrab olgan. Uch marta uylangan, bir oʻgʻil va bir qiz koʻrgan.

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Iqbol (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1827-yilda tugʻilganlar Turkum:1850-yilda vafot etganlar Turkum:Abdulmajid I ning xotinlari Turkum:Usmoniylar imperiyasidagi gruzinlar