Muhabbat sehri (; asl tarjimasi — „Jodulangan“) — oʻzida film, fotorealistik kompyuter effektlari va anʼanaviy animatsiyani jamlagan Disney studiyasining filmi. AQShdagi taqdimoti 2007-yil 21-noyabrda boʻlib oʻtgan. Film rejissori — Kevin Lima, ssenariy muallifi — Bill Kelly. The Filmda bosh rollarni Amy Adams, Patrick Dempsey, James Marsden, Timothy Spall, Idina Menzel, Rachel Covey va Susan Sarandon ijro etgan.
Filmning davomi — Muhabbat sehri 2 18-noyabr, 2022-yilda chiqarilishi kutilmoqda.
Syujeti Giselle (Amy Adams) hayvonlar gapira oladigan va har bir harakatga musiqa joʻr boʻladigan ertaklar mamlakati — Andalaziyada yashaydi. U haqiqiy muhabbat uchratishni orzu qiladi va tushida koʻrgan shaxzodasining haykalini burunduq Pip hamda boshqa oʻrmon hayvonlari bilan birga yasaydi. Giselle asl muhabbat boʻsasi haqida qoʻshiq aytadi va uning ovozini Andalaziya taxtining valiahdi, Qirolicha Narissa (Susan Sarandon)ning oʻgay oʻgʻli Shaxzoda Edward (James Marsden) eshitib qoladi. Edward Giselleni bahaybat troll hujumidan halos qiladi, u bilan birga qoʻshiq kuylaydi va ular ertasi kuni ertalab turmush qurishga ahd qilishadi. Ammo hammasi ham shaxzoda bilan uzoq va baxtli yashashni orzu qiluvchi Gisellening rejasi boʻyicha ketmaydi. Yovuz qirolicha Narissa badbashara kampirga aylanib olib, Giselleni quduqqa itarib yuboradi — Giselle uzoq va baxtli yashalmaydigan joyga, zamonaviy Nyu Yorkka, tushib qoladi. Gisellening atrofi olam haqidagi koʻngilchan tasavvurlari katta shahar fuqarolarining shafqatsizligi bilan toʻqnashadi. Ammo uni kichik qizi bor, turmushidan ajralgan advokat Robert oʻz uyiga olib keladi. Robert Giselleni ozgina aqldan ozgan deb hisoblasa ham, baribir uni yoqtirib qoladi.
Rollarda
Amy Adams — Giselle Patrick Dempsey — Robert Philip James Marsden — shahzoda Edward Timothy Spall — Nathaniel Susan Sarandon — qirolicha Narissa Jeff Bennett va Kevin Lima — Pip ismli burunduq Rachel Covey — Morgan Philip Idina Menzel — Nancy Tremaine Julie Andrews — sharhlovchi John Rothman — Carl Paige O'Hara — Angela Jodi Benson — Sam Judy Kuhn — homilador ayol Isiah Whitlock Jr. — Ethan Banks Tonya Pinkins — Phoebe Banks Marlon Saunders — qoʻshiqchi Jon McLaughlin — qoʻshiqchi Teala Dunn — Bunny ismli quyon Fred Tatasciore — troll Frank Welker — Destiny, shahzoda Edward’ning oti
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:2007-yil filmlari Turkum:2007-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:Parodiya filmlar Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Fentezi filmlar Turkum:Hayvonlar haqidagi filmlar Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh romantik filmlari Turkum:Kevin Lima filmlari