Elnur Jamol oʻgʻli Mammadli (, 1988-yil 29-iyunda Boku shahrida tugʻilgan) — Ozarbayjonlik mashhur dzyudochi. Ozarbayjon sporti tarixidagi eng muvaffaqiyatli dzyudochilardan biri.
Mammadli 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida 73 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Final bahsida u turnir favoriti hisoblangan koreyalik Wang Ki-chunni magʻlub etgan.
2024-yil 14-sentyabrda Elnur Mammadli Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi raisi etib saylandi.
Yutuqlari Yil Turnir Oʻrin Vazn toifasi 2012 World Masters 1-chi 81 kg 2011 Yevropa chempionati 1-chi 81 kg World Masters 1-chi 81 kg 2008 Olimpiya oʻyinlari 1-chi 73 kg 2007 Jahon chempionati 2-chi 73 kg 2006 Yevropa chempionati 1-chi 73 kg
Manbalar
Havolalar Elnur Mammadli — Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) saytidagi profili. Elnur Mammadli statistikasi — JudoInside.com saytida. Elnur Mammadli Instagramda
Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ozarbayjonlik erkak dzyudochilar Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari dzyudochilari Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari dzyudochilari Turkum:Ozarbayjonning Olimpiada oltin medali sohiblari Turkum:Bokuda tugʻilganlar