Artah jangi 1105-yil 20-aprelda Antioxiya yaqinidagi Artah shahrida salibchilar qoʻshinlari bilan saljuqiy turklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Turk qoʻshinlariga Halab hukmdori Faxr ul-Mulk Ridvon boshchilik qilgan boʻlsa, salibchilarga Antioxiya knyazligi regenti Tancred rahbarlik qilgan. Jangda salibchilar gʻalaba qozonib, Halabga tahdid sola boshlagan.

Kelib chiqishi 1104-yilda Harron jangida salibchilarning magʻlubiyatidan soʻng, Antioxiyaning Osi daryosi sharqida joylashgan barcha mustahkam qal’alari tark etilgan. Qoʻshimcha salibchi qoʻshinlarni toʻplash maqsadida antioxiyalik Bohemond I Yevropaga yoʻl olgan va Antioxiyada regentlikni Tankredning zimmasiga yuklagan. Tankred yoʻqotilgan qal’alar hamda devor bilan oʻralgan shaharlarni qayta egallash ishlarini boshlagan.

1105-yil bahorining oʻrtalarida Antioxiyadan sharqiy-shimoli-sharqda masofada joylashgan Artah aholisi qal’adagi antioxiyalik garnizonni quvib chiqargan boʻlishi yoki Ridvon qal’aga yaqinlashganda u bilan ittifoq tuzgan yoxud unga taslim boʻlgan boʻlishi mumkin. Artah Antioxiya shahrining sharqida joylashgan salibchilar qoʻlida qolgan soʻnggi qal’a boʻlib, uning boy berilishi Antioxiya uchun bevosita tahdid tugʻdirgan. Ridvon keyinchalik Artahda garnizon joylashtirgan yoki joylashtirmagani aniq emas.

Jang Tankred nafar otliq va nafar piyodadan iborat qoʻshin bilan Artah qal’asini qamal qilgan. Ridvon qamalga toʻsqinlik qilishga urinib, nafar piyoda va nomaʼlum miqdordagi otliqlardan iborat qoʻshin toʻplagan. Musulmon piyodalarining nafari koʻngillilardan iborat boʻlgan. Tankred jangga kirib, Halab qoʻshinini magʻlub etgan. Bu gʻalaba manbalarda uning „yer relyefidan mohirona foydalanishi“ bilan izohlanadi. Franklar, ehtimol, „soxta chekinish“ usulidan foydalanib, taktik ustunlikka erishgan. Dastlabki chekinishdan soʻng musulmon piyodalari salibchilar lageriga kirib kelgan. Biroq keyin salibchilar kutilmaganda hujum qilib, dushmanni qirib yuborgan. Faqatgina oz sonli jangchilar qochib qutulishga muvaffaq boʻlgan.

Oqibati Tankred knyazlikning sharqiy chegaraviy hududlari ustidan nazoratni mustahkamlashga kirishib, al-Jazr va Lailun mintaqalaridagi mahalliy musulmon aholining qochib ketishiga sabab boʻlgan. Ushbu aholining bir qismini Tankred qoʻshinlari oʻldirgan edi. Gʻalabadan soʻng Tankred Osi daryosining sharqida joylashgan hududlarda deyarli jiddiy qarshiliksiz oʻz istilolarini kengaytirgan. Shimoliy Suriyadagi keyingi muhim voqealar 1111-yilgi Shayzar jangi va 1115-yilgi Sarmin jangi boʻlgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Antioxiya knyazligi ishtirok etgan janglar Turkum:Saljuqiylar imperiyasi ishtirok etgan janglar Turkum:1105-yilgi ziddiyatlar Turkum:12-asr Saljuqiylar imperiyasida Turkum:1105-yil Osiyoda Turkum:1100-yillar Salibchilar davlatlarida