Kingsley Kofi Sarfo (1995-yil 13-fevralda tugʻilgan) – ganalik professional futbolchi, Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi Dinamo Samarqand klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Kingsley 2017-yilda Gana terma jamoasi safida bitta oʻyin oʻtkazgan.

Klubdagi faoliyati Malmö FF 2017-yilda Allsvenskan ligasidagi muvaffaqiyatlik oʻyinlarindan soʻng, Sarfo amaldagi chempion Malmö FF klubidan taklif olgan. Malmö klubi Siruis jamoasiga Kingsley transferi uchun 15 million SEK yoki 1,5 million yevro berishga rozi boʻlgan. Sarfoning agenti mijozi faqat Shvetsiya fuqaroligini olish uchun yana bir yil kerakligi sababli Malmöga koʻchib oʻtishga qiziqayotganini va shuning uchun boshqa davlatga koʻchib oʻtishga, shuningdek, UEFA Chempionlar Ligasi futbolida ishtirok etishga qiziqmasligini aytgan. 2017-yil 22-iyunda Malmö FF matbuot anjumanida Sarfo bilan shartnoma imzolanganini tasdiqlagan. Sarfo Malmö safida debyutini 15-iyulda, uning eski klubi Sirius jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Sarfo debyut oʻyinida gol urganThree appearances in CAF Champions League, two appearances and in CAF Confederation Cup. 2017-yil 1-oktyabrda Sarfo politsiya tergovida gumondor deb eʼlon qilinganidan soʻng, klub tomonidan keyingi xabarnoma berilgunga qadar uning jamoadagi ishtiroki toʻxtatib qoʻyilganAppearances in President's Cup. Tuman sudi uni hibsga olmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilganidan soʻng, Malmö FF bilan mashgʻulotlarni davom ettirgan. Sarfo haqida 2018-yil 31-yanvarda yangi ayblovlar bilan yana hibsga olish qarori chiqqan. Malmö FF klubi esa bunga javoban javoban Sarfoning jamoadagi faoliyati toʻxtatilganini eʼlon qilgan. Bir nechtavoyaga yetmagan shaxslarni zoʻrlash boʻyicha jinoiy hukm chiqarilganidan soʻng, Malmö FF Sarfoning shartnomasini 2018-yil 12-iyunda bekor qilgan.

Olimpiakos Nikosiya Sarfo ikki yillik tanaffusdan soʻng futbolga qaytgan. 2020-21-yilgi mavsumda Olympiakos Nikosiya futbol direktori unga ikkinchi imkoniyat bergan. U klubdagi birinchi yilida yorqin oʻyin koʻrsatgan va 30 yildan soʻng ligada kuchli oltilikka va kubok finaliga olib chiqqishda muhim hissa qoʻshgan. Uning shartnomasi yaxshilangan, 2023-yilgacha uzaytirilgan va klub sardori etib tayinlangan.

APOEL 2022-yil yanvar oyida Sarfo APOELga ijara asosida qoʻshilgan va 2022-yil 26-iyunda klubga doimiy transfer asosida qoʻshilgan va uch yillik shartnoma imzolagan. 2025-yil iyun oyida Sarfo shartnomasi tugaganidan soʻng klubni tark etgan va erkin agentga aylangan.

Xalqaro faoliyati U Gana terma jamoasi safida 2017-yilda xalqaro miqyosda debyut qilgan.

Huquqiy masalalar Bolalarni zoʻrlashda ayblanganlik 2017-yil 30-sentyabrda Sarfoga qarshi bir marta zoʻrlashga urinish va ikki marta voyaga yetmagan shaxsni zoʻrlash ayblovlari boʻyicha qamoqqa olish talabi qoʻyilgan. Hibsga olish natijasida Sarfo Malmö FF jamoasida oʻynashdan chetlashtirilgan. Bu chetlashtirish 2018-yil 11-yanvarda bekor qilindi va sud jarayoni yakunlanishini kutish uchun toʻxtatib turilgan. 2018-yil 31-yanvarda Sarfo yana Shvetsiya politsiyasi tomonidan besh marta voyaga yetmagan shaxsni zoʻrlashda gumon qilinib qamoqqa olingan. 018-yil 8-iyunda u ikki yil sakkiz oy qamoq jazosiga, 150 000 Shvetsiya kronasi miqdorida jarima toʻlashga va qamoq muddati tugagandan soʻng mamlakatdan chiqarib yuborishga hukm qilingan.

Haqiqiy haydovchilik guvohnomasisiz haydash 2017-yil davomida Sarfo Shvetsiyada bir necha bor haqiqiy haydovchilik guvohnomasisiz mashinasini boshqargan. Shvetsiya qonunlariga koʻra, bu olti oygacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin. Sarfo klub tomonidan hech qanday jazolanmagan.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarIK Sirius2014Superettan2030––502015Superettan29520––3152016Superettan29141––3322017Allsvenskan11342––155Jami719133––8412Malmö FF2017Allsvenskan821100–93Olympiakos Nicosia2020–21Kipr Birinchi Divizioni22151––2722021–22Kipr Birinchi Divizioni15000––150Jami37151––422APOEL2021–22Kipr Birinchi Divizioni1202000–1402022–23Kipr Birinchi Divizioni3144050–4042023–24Kipr Birinchi Divizioni2700041—3112024–25Kipr Birinchi Divizioni3100401182Jami7356013111937Umumiy faoliyat statistikasi189172541311122824

Yutuqlar IK Sirius

Superettan: 2016 Malmö FF

Allsvenskan: 2017 APOEL

Kipr Birinchi Divizioni: 2023–24 Kipr Superkubogi: 2024 Shaxsiy

Superettan Yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2016 Superettan Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi: 2016 Allsvenskan Oyning eng yaxshi oʻyinchisi: 2017-yil aprel Kiprda Eng yaxshi XI jamoasi: 2022 Pancyprian Futbolchilar Assotsiatsiyasi (PASP) Mavsum jamoasi: 2021–22

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ganalik jinoyatchilar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Rosengård 1917 futbolchilari Turkum:BW 90 IF futbolchilari Turkum:IK Sirius Fotboll futbolchilari Turkum:Malmö FF futbolchilari Turkum:Olympiakos Nicosia futbolchilari Turkum:APOEL FC futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Kipr birinchi dvizioni futbolchilari Turkum:Superettan futbolchilari Turkum:Allsvenskan futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Ganalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shvetsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kiprdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘rlash jinoyati uchun sudlanganlar Turkum:Jinoyatda ayblangan sportchilar