Braziliya 2022-yil 4–20-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

2022-yil 17-yanvarda Braziliyaning toʻrt sport turi (besh yoʻnalish) boʻyicha ishtirok etadigan 10 nafar sportchidan (olti erkak va toʻrt ayol) iborat jamoasi rasman eʼlon qilindi.

Edson Bindilatti va Jaqueline Mourão ochilish marosimida bayroqdor boʻlishdi. Mourão 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyilari hamda 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan ikki sportchidan biri boʻldi; ikkinchisi Montell Douglas (Buyuk Britaniya). Uzun masofaga changʻi poygasi sportchisi Manex Silva yopilish marosimida bayroqdor boʻldi.

Togʻ changʻi sporti

Asosiy malaka standartlarini bajarish orqali Braziliya bitta erkak togʻ changʻichisiga yoʻllanma oldi. Erkaklar SportchiMusobaqa1-urinish2-urinishUmumiyVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinMichel MacedoErkaklar giant slalomBoshlamadiDavom etilmadiErkaklar slalom59.8837Yakunlamadi

Bobsley sporti

Braziliya bobsley sporti boʻyicha ikkita ekipajni saralab oldi: bittasi ikki kishilik, boshqasi toʻrt kishilik yoʻnalishda. Bu esa mamlakatga toʻrt nafar sportchini musobaqaga kiritish imkonini beradi . Erkaklar SportchiMusobaqa1-urinish2-urinish3-urinish4-urinishUmumiyVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinEdson Bindilatti*Edson MartinsIkki kishilik1:01.11291:01.36291:01.3429Oʻta olmadi3:03.8129Edson Bindilatti*Erick JerônimoEdson MartinsRafael Souza da SilvaToʻrt kishilik59.492059.601659.782359.61163:58.4820 * –har bir chananing haydovchisini bildiradi.

Changʻi poygasi

Asosiy saralash mezonlarini bajargan holda, Braziliya bir nafar erkak va bir nafar ayol uzun masofaga changʻi poygasi sportchisini yoʻllanma bilan taʼminladi. 2020/2021 mavsumi yakunida FIS Nations Ranking reytingida eng yaxshi 33 talikka kirgani sababli, mamlakat yana bir nafar ayol sportchi uchun kvota qoʻlga kiritdi. Dastlab ayollar kvotalaridan biriga Bruna Moura tanlangan edi, biroq u Olimpiada boshlanishidan bir hafta oldin Italiyada avtohalokatga uchragani sababli boshqa sportchi bilan almashtirildi . Masofa SportchiMusobaqaOddiyErkin uslubFinalVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtDefitsitOʻrinManex SilvaErkaklar 15 km oddiycolspan=4 50:35.1 +12:40.390Erkaklar 30 km skiatlonOrqada qoldi67Erkaklar 50 km erkin uslubcolspan=4 1:33:11.8 +21:39.158Jaqueline MourãoAyollar 10 km oddiycolspan=4 36:14.6 +8:08.382Eduarda Riberacolspan=4 38:58.7 +10:52.490

Tez yugurish SportchiMusobaqaSaralashChorak finalYarim finalFinalVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinManex SilvaErkaklarniki3:08.6471Davom etilmadiJaqueline MourãoAyollarniki4:05.6084Davom etilmadiEduarda Ribera4:14.5388Davom etilmadiJaqueline MourãoEduarda RiberaAyollar jamoasinikicolspan=4 Orqada qoldi=12Davom etilmadi=23

Erkin uslub changʻi sporti

Braziliya ayollar moguls yoʻnalishi boʻyicha bir nafar sportchini saralab oldi va bu mamlakatning Qishki Olimpiada oʻyinlarida ushbu yoʻnalishdagi debyuti boʻldi. AQShda tugʻilgan, Braziliya fuqaroligiga ega Sabrina Cass mamlakat sharafini himoya qiladi. Moguls SportchiMusobaqaSaralashFinal1-urinish2-urinish1-urinish2-urinish3-urinishVaqtBallarUmumiyOʻrinVaqtBallarUmumiyOʻrinVaqtBallarUmumiyOʻrinVaqtBallarUmumiyOʻrinVaqtBallarUmumiyOʻrinSabrina CassAyollarniki32.1350.4162.202131.2549.3462.1216Davom etilmadi26

Skeleton changʻi sporti

IBSF reytingidagi oʻrniga koʻra, Nikol Silveyra Braziliya uchun kurashish huquqini qoʻlga kiritdi.

SportchiMusobaqa1-urinsih2-urinish3-urinish4-urinishUmumiyVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinNikol SilveyraAyollarniki1:02.58121:02.95131:02.55171:02.40134:10.4813

Manbalar

Turkum:2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar