Meksika 2010-yil 12–28-fevral kunlari Kanadaning Vankuver shahrida boʻlib oʻtgan 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Mamlakat ilk bor 1928-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan, keyin esa 1932–1980-yillar oraligʻida birorta oʻyinlarda ishtirok etmagan. Meksikalik hech bir sportchi hali Qishki Olimpiada oʻyinlarida medal qoʻlga kiritmagan.

Togʻ changʻi sporti Hubertus von Hohenlohe erkaklar slalom bahslarida Meksika sharafini himoya qilgan. U avval ham 1984, 1988, 1992 va 1994-yillardagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan. Germaniya va Avstriya qirollik sulolasi avlodi boʻlgan, shuningdek otasining ona tomoni orqali meksikalik zodagonlar nasliga mansub Hohenlohe 1981-yilda Meksika Changʻi Federatsiyasiga asos solgan .

U 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritgan, biroq boshqa meksikalik sportchilar saralashdan oʻta olmagani sababli Meksika ushbu oʻyinlarda qatnashmaslikka qaror qilgan.

Hohenlohe togʻ changʻisi boʻyicha 12 ta jahon chempionatida ishtirok etgan. 2007-yilda oyogʻini sindirib olgani sababli rekord darajadagi 13-jahon chempionatini oʻtkazib yuborgan. Musobaqa vaqtida u 51 yoshda edi.

SportchiMusobaqa1-urinish2-urinishYakuniyOʻrinHubertus von HohenloheErkaklar slalom1:05.691:02.092:07.7846Erkaklar giant slalom1:34.501:36.973:11.4778

Manbalar

Turkum:2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar