Alisher Navoiy haykali () — Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Alisher Navoiy xotirasiga atab oʻrnatilgan haykal. Nərimanov tumanidagi Azadliq shoh ko‘chasi va Nəcəf Nərimanov ko‘chasi kesishmasida joylashgan Alisher Navoiy bog‘ida joylashgan. Bronza yodgorligi muallifi haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi va Oʻzbekiston badiiy akademiyasi a’zosi Ravshan Mirtojiyevdir.

Tarixi 2008-yil yoz oylarida yodgorlik oʻrnatiladigan joy uchun Bokuda istirohat bogʻi barpo etilgan. Maysazorlar yotqizilib, favvora atrofi va istirohat bog‘i bo‘ylab manzarali daraxt va gullar ekilgan. Yodgorlik atrofi oq granit plitalari bilan qoplangan. Yashil maydonlarga yangi suv tarmog‘i o‘tkazilib, yangi yodgorlik uchun maxsus yoritish tizimi oʻrnatilgan. Bog‘ni rekonstruksiya qilish loyihasi Ozarbayjon va Oʻzbekiston arxitektorlari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 9 tonna bronzadan yasalgan haykal Oʻzbekistonda, jigar rang marmardan yasalgan haykal uchun postament Ozarbayjonda tayyorlangan.

Haykalning ochilish marosimi 2008-yil 12-sentyabrda, Oʻzbekiston prezidentining Ozarbayjonga birinchi rasmiy tashrifi chogʻida boʻlib oʻtgan. Marosimda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov ishtirok etgan.

Manbalar

Turkum:Alisher Navoiy haykallari Turkum:Bokudagi haykallar