Youza Asaf, Youza Asaph, Youza Asouph, Yuz Asaf, Yuzu Asaf, Yuzu Asif, yoki Yuzasaf, () Josaphat ismining arab va urdu tillaridagi variantlari boʻlib, asosan Barlaam va Josaphat afsonasida uchraydigan Budda hayotining xristianlashtirilgan va islomlashtirilgan talqinlari bilan bogʻliqdir.

Ahmadiyya qarashlariga koʻra, Yuz Asaf nomi buddaviy kelib chiqishga ega boʻlib, ehtimol Yusu yoki Yehoshua (Iso) va Asaf (Yigʻuvchi) soʻzlaridan kelib chiqqan.

Umumiy maʼlumot

Ahmadiyya qarashlariga koʻra, Yuz Asaf ahl-i kitob (Kitob ahli)dan boʻlgan paygʻambar boʻlib, uning asl ismi Iso – Isoning Qur’ondagi nomi edi. Paygʻambar Yuz Asaf Gʻarbdan (Muqaddas yer) Kashmirga Raja Gopadatta (milodiy 1-asr atrofida) hukmronligi davrida, maqbaraning hozirgi mutavallisi qoʻlida saqlanayotgan qadimiy hujjatlarga koʻra kelgan.

1579–1620-yillar oraligʻida yozilgan Kashmir tarixi boʻlmish Tarix-i-Kashmirga koʻra, Yuzu Asaf begona diyordan Kashmirga sayohat qilgan Xudoning paygʻambari boʻlgan.

1747-yilda srinagarlik mahalliy soʻfiy yozuvchi Xoja Muhammad Aʼzam Didamariy Roza Balni begona paygʻambar va shahzoda Youza Asouphga bagʻishlangan ziyoratgoh, deb aytgan.

Indolog Günter Grönbold oʻzining Iso Hindistonda asarida ziyoratgoh Kashmir islomlashuvidan avval hindularniki boʻlganini va, ehtimol, soʻfiydan koʻra buddaviy yoki hindu avliyoning qabri boʻlishi mumkinligini, biroq har qanday holatda ham uning Iso yoki xristianlik bilan aloqasi yoʻqligini taʼkidlaydiGrönbold Jesus in Indien 1985 p.57.

Gʻulom Ahmad va Ahmadiyya eʼtiqodi Rus tadqiqotchisi Nikolay Notovichning izlanishlariga duch kelgach, Mirzo Gʻulom Ahmad – Ahmadiyya harakati asoschisi – Yuz Asafni nosiralik Iso xochga mixlangandan keyin va Falastindan koʻchib ketganidan soʻng olgan boʻlishi mumkin boʻlgan ism sifatida tariflagan. Ahmad bundan tashqari Srinagar (Kashmir)da joylashgan Roza Bal ziyoratgohini Isoning qabri, deb koʻrsatgan. Kashmir ogʻzaki rivoyatlariga, shuningdek Qur’on, hadis va sayohatchilarning qaydlariga tayanib, Mirzo Gʻulom Ahmad Iso Srinagarga kelib oʻrnashgani, Maryam (Mary) ismli ayolga uylangani va Maryam Yuz Asafning farzandlarini dunyoga keltirgani, soʻng u 120 yoshida vafot etgani haqidagi gʻoyani ilgari surgan. U bu eʼtiqodni Iso Hindistonda kitobida muhokama qiladi. Soʻnggi davrdagi Ahmadiyya mualliflari esa Iso onasi Maryamning qabri Pokistondagi Murri shahrida, deb taʼkidlaydilarAhmaddiya magazine Review of Religions .

Mirzo Gʻulom Ahmadning turli hindu va islomiy manbalardan foydalanishi buddizm boʻyicha turli olimlar tomonidan, jumladan shved olimi Per Beskovning Jesus in Kashmir: Historien om en legend (1981) asarida, nemis indologi Günter Grönboldning Jesus in Indien – Das Ende einer Legende (1985) asarida va Norbert Klattning Lebte Jesus in Indien?: Eine religionsgeschichtliche Klärung (1988) asarida, notoʻgʻri tushunishlar yoki buzib talqin qilishlar, deb baholangan. Uning qarashlari sunniy islom ulamolarining koʻpchiligi tomonidan bid’at (nohujjat) deb hisoblanadi, ular Isoning osmondagi hayotda tirik ekanini taʼkidlaydilar.

Ziyoratgoh yaqinida yashovchi musulmonlar Yuz Asafni soʻfiy avliyo boʻlgan, deb hisoblaydilar.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Srinagar Turkum:Kashmirlik so‘fiy avliyolar Turkum:Ahmadiyya Turkum:Islomda Iso Turkum:Hindistonlik so‘fiy avliyolar