Shadian Katta masjidi (; ) – Xitoyning Yunnan viloyati Gejiu shahridagi Shadian chekka hududida joylashgan masjid.

Umumiy maʼlumot Masjid dastlab milodiy 1684-yilda qurilgan. 21 000 m2 maydonni egallagan. Majmua yarim oyli, koshinli yashil markaziy gumbaz, toʻrtta kichik gumbaz va baland minoralar bilan ajralib turgan. Inshootda Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Al-Masjid an-Nabaviyga xos unsurlar ham boʻlgan. 2023-yilda gumbazlari olib tashlanguniga qadar islomiy uslubda qurilgan Xitoydagi soʻnggi yirik masjid boʻlib kelgan.

Gumbazlar va minoralar yaqin atrofdagi Nagu posyolkasida yuz bergan toʻqnashuvlardan 1 oy oʻtib buzib tashlangan. Masjidning qayta ishlangan dizayni 2018-yildagi „Islomni sinizatsiya qilish“ siyosatiga mos kelgan. 2024-yilda Shinjon-Uygʻur muxtor rayonining eng yuqori mansabdor shaxsi: „hamma biladiki, Shinjondagi islom sinizatsiya qilinishi kerak, bu muqarrar yoʻnalish“, deb aytgan. Shunga oʻxshash choralarni Xitoy boʻylab koʻrish mumkin.

Gallery

Yana qarang

Xitoyda islom Xitoydagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:17-asr Xitoydagi masjidlar Turkum:Shadian Turkum:Xitoydagi gumbazli masjidlar Turkum:Xitoydagi minorali masjidlar Turkum:Yunnandagi masjidlar Turkum:Xitoydagi sunniy masjidlar