Shigatse masjidi () – Xitoyning Tibet muxtor rayoni tarkibidagi Shigatse shahri Samzhubzê hududida joylashgan masjid.
Tarixi XIV asrdan boshlab hozirgi Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kashmir hamda boshqa mamlakat va mintaqalardan kelgan musulmon muhojirlar guruhi, shuningdek, Xitoyning Ninsya, Gansu, Sinxay va boshqa hududlaridan kelganlar Shigatsega joylasha boshladi. Milodiy 1343-yilda musulmonlar mablagʻ yigʻib, ushbu masjidni qurib bitkazdilar. Imperator Syanlun davrida Sin hukumati Shigatsedagi Jiangzi hududida qoʻshin joylashtirishga qaror qildi. Sichuan va Shensi hududlaridan kelib Shigatseda joylashgan qoʻshinning bir qismi kichik musulmon manzilgohini shakllantirib, masjidni taʼmirladi. Oʻsha paytda ushbu inshoot Shigatsedagi yagona masjid edi.
Shigatse masjidi tibet uslubidagi tekis tomli bino boʻlib, gʻarbdan sharqqa yoʻnalishda joylashgan va umumiy maydoni ni tashkil etadi. Masjid toʻgʻri toʻrtburchak shaklda. Temirdan yasalgan yarim oy koʻrinishidagi uchli, balandligi 10 metrdan ortiq boʻlgan minoraning ikki tomonida eshiklar bor. Masjid Shigatsedagi Madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish boʻlinmasi roʻyxatiga kiritilgan.
Yana qarang
Xitoydagi masjidlar roʻyxati Tibetda islom
Manbalar
Havolalar
Turkum:14-asr Xitoydagi masjidlar Turkum:1343-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Shigatsedagi binolar va inshootlar Turkum:Xitoydagi minorali masjidlar Turkum:1340-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Tibetdagi masjidlar Turkum:Tibet meʼmorchiligi