2026-yil 28-fevralda Isroil va Qoʻshma Shtatlar birlashib, Erondagi turli nishonlarga hujum boshladilar. Isroil tomonidan „Boʻkirayotgan sher“ (ibroniycha: מִבְצַע שְׁאָגַת הָאֲרִי, lotincha: Mivtza Sheagat Haʼari) maxsus nomi bilan atalgan. Qoʻshma Shtatlar Mudofaa vazirligi tomonidan „Epik gʻazab“ (inglizcha: Epic Fury) deb nom berilgan. Tehron, Isfahon, Qum, Karaj va Kirmonshohdagi nishonlarga bir qator zarbalar bilan boshlandi. Isroil mudofaa vaziri Israel Katz hujumlarni tasdiqladi.
AQSh prezidenti Donald Trump Qoʻshma Shtatlar Isroil bilan birlashib, Eronga hujumlar uyushtirganini eʼlon qildi. Maqsad Eronning raketa va harbiy salohiyatini yoʻq qilish, uning yadroviy qurolga ega boʻlishining oldini olish va oxir-oqibat rejimni agʻdarish ekanligini daʼvo qildi. Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IRGC) aʼzolarini immunitet evaziga qurollarini topshirishga chaqirdi va rad etish „aniq oʻlim“ degan maʼnoni anglatishini ogohlantirdi.
Dastlabki hujumlar asosiy amaldorlar, harbiy qoʻmondonlar va inshootlarga, jumladan, Oliy Rahbar Ali Xomanaiyning qarorgohiga qaratilgan boʻlib, sunʼiy yoʻldosh tasvirlari uning qarorgohi jiddiy shikastlangan va vayron boʻlganini koʻrsatadi. Xomanaiy bilan aloqa uzilgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Shamxoniy oʻldirilgani haqida xabar berilgan.
Bunga javoban Eron Yaqin Sharqqa oʻnlab ballistik raketalarni uchirdi. Iordaniya, Suriya, Quvayt, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Isroil va AQSh harbiy bazalarini nishonga oldi. Bundan tashqari, Husiylar Qizil dengizda hujumlarni qayta boshlashlarini eʼlon qilishdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va amaliyotda ishtirok etmagan bir nechta davlatlar zarbalarni, boshqalar esa Eronning mintaqadagi AQSh ittifoqchilariga qarshi qasos zarbalarini qoraladilar. Tanqidchilar amaliyotni „Eron suverenitetini buzish“ deb atashdi. Dunyo boʻylab mitinglar, zarbalarga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.
Manbalar
Turkum:2026-yil fevral Eronda Turkum:2026-yildagi mojarolar Turkum:2026-yil fevral Osiyoda 2026-yilgi mojaro 2026-yilgi mojaro Turkum:Yaqin Sharq inqirozi (2023-yildan hozirgi kungacha) Turkum:2026-yilgi Eron-AQSh urushi Turkum:2026-yil fevral AQShda Turkum:2026-yil mart AQShda Turkum:2026-yil mart Eronda Turkum:Ali Xomanaiy