Gavharxon Sulton ( – „Xonning gavhari“; 1642 – 1694-yil 27-oktyabr) – Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Iborhim I ning qizi (), sulton Mehmed IV (), Sulaymon II () hamda Ahmad II ning () oʻgay singlisi.

Hayoti Gavharxon Sulton 1642-yilda tugʻilgan. Otasi „Telba“ sulton deb nom olgan sulton Ibrohim I edi. Gavharxon birinchi bor 1646-yil 23-noyabrda atigi 4 yoshida otasining yaqin kishilaridan biri Jaʼfar poshoga turmushga berilgan. Uning sepi xarajatlari otasining koʻrsatmasi bilan imperiya xazinasidan qoplangan.

Toʻy kuni kelin aravada amaldorlardan tuzilgan polklar hamrohligida juftlikka ajratib berilgan Hoca poshodagi Halil posho saroyiga olib borilgan. Ayrim manbalarga koʻra, Jaʼfar posho Gavharxonga emas, balki uning xolasi Atike Sultonga uylanganSakaoğlu, 2008, p. 260.. Sulton Ibrohim taxtdan agʻdarilgach, uning ukasi sulton Mehmed IV hukmronligi davrida ushbu saroy Gavharxonning mulki sifatida qayta tasdiqlangan.

Gavharxon Sulton ikkinchi bor Chavushzoda Mehmed poshoga turmushga chiqdi. Ushbu nikoh sanasi manbalarda turlicha qayd etilgan: 1647-yil yoki 1653-yil atrofida boʻlishi mumkin. Mehmed posho ikki marta Katta admiral (Kapudan posho) boʻlib xizmat qilgan, vazir lavozimini egallagan va boshqa turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Mehmed posho 1681-yilda vafot etgan.

1672-yilda Gahvharxon Sulton haramdagi bir necha shaxslar qatorida akasi sulton Mehmed bilan Kamenets-Podilskiyga qarshi Valaxiya yurishida hamroh boʻlgan.

Gavharxon Sulton eri Mehmed poshoning vafotidan keyingi yillarni Edirneda oʻtkazgan. Bu davrda Edirne sulton Mehmed va uning saroyi uchun tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan maskanga aylangan edi. Gavharxon uchinchi bor 1692-yil 13-yanvarda 50 yoshida Katta admiral Holvachi Yusuf poshoga turmushga chiqqan. Gavharxon Sulton 1694-yilda, posho esa 1714-yilda vafot etgan.

Vafoti 1693-yilga kelib, Gavharxon Sulton kasallikka chalinib, Edirneda davolanayotgan edi. U 1694-yil 27-oktyabrda shu yerda vafot etgan. Uning jasadi dafn marosimi uchun Konstantinopolga olib kelib, Shahzoda masjidiga dafn etilgan.

Qarzlari Gavharxon Sultonning vafotidan soʻng Istanbul yoki Edirnedagi uning barcha buyumlari va mulklari, ular orasida saroy, yali (sohil boʻyidagi qarorgoh), bogʻ, nonvoyxona, tegirmonlar kabi koʻchmas mulklari imperatorlik xazinasiga oʻtkazish foydasiga musodara qilingan.

Malikaning katta qarzga botgani 1694-yil 28-noyabr sanasi bilan qayd etilgan Topkapı saroyi arxivlari bilan tasdiqlanadi. Qarzning salmoqli qismi uning akasi sulton Ahmad II ning rafiqasi Robiya Sultonga tegishli boʻlgan.

Arxivlarda 1694-yil 1-dekabr sanasi bilan qayd etilishicha, tilga olingan qarzlarning bir qismi Gavharxonning hassi yaʼni daromad keltiruvchi mulklaridan ajratilgan tushumlar hisobidan qoplangan va bu mablagʻlar Ahmad hamda Robiyaning qizi Asiye Sultonga oʻtkazilgan. Mazkur maʼlumot ayrim tadqiqotchilarni Gavharxon Sulton Ahmad II ning tugʻishgan singlisi, demakki, Muazzez Sultonning qizi boʻlishi mumkin, degan xulosaga olib kelgan.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1640-yillarda tug‘ilganlar Turkum:1694-yilda vafot etganlar Turkum:17-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari