Qurma (; ; ; ; ) – Hindiston subkontinentida paydo boʻlgan, Boburiylar oshxonasi taʼsirida rivojlangan qovurma taom. Keyinchalik uning turlari ingliz-hind oshxonasi va inglizlar didiga moslashtirilgan.

Qurma goʻsht yoki sabzavotlardan tayyorlanadi; ularni qatiq, suv yoki bulyon bilan pishirib, turli ziravorlar qoʻshib, qalin sous yoki shoʻrva tayyorlanadi. Qurmaning taʼmi boshqa goʻshtli taomlarga nisbatan yumshoqroq, hid va xushboʻyligi esa yanada kuchliroqdir.

Etimologiyasi

Hind-urducha „qurma“ (क़ोरमा, قورمہ) soʻzi „qovurib pishirish“ – yaʼni ushbu taom tayyorlash texnikasini bildiradi. Shu soʻz va unga oʻxshash boshqa taom nomlari, masalan, forscha „qurme“ (), turkcha „kavurma“ va ozarbayjoncha „qovurma“ „yoki“ „kavarma“, asosan turkiycha „qavirma“ – „qovurilgan narsa“ soʻzidan kelib chiqqan.

Shuni taʼkidlash kerakki, qurma va zamonaviy turkcha kavurma taomlari mazmun va tayyorlanish uslubi boʻyicha sezilarli darajada farq qiladi.

Kelib chiqishi

Qurma Hindiston subkontinentidagi Boburiylar oshxonasidan kelib chiqqan. Qurma dastlab Boburiylar saroyi oshxonalarida tayyorlangan. Taomshunos tarixchi Neha Vermaniga koʻra, bu taom birinchi marta Shoh Aʼlam hukmronligi davrida (1643–1712) oshpazlik kitoblarida tilga olingan. XVIII asrda Boburiylar saroyi oshpazlari forscha uslubdagi shoʻrvani bodom, sarimsoq, ziravorlar va yogurt qoʻshib boyitgan. 1832-yilda Haydarobodda palovning bir turi sifatida tayyorlangan qurma yupqa boʻlaklangan goʻsht bilan aralashtirilgan.

XIX asrda hind oshpazlari Britaniya ustalari uchun qovurma taomlarini soddalashtirib, inliz-hind didiga moslashtirgan. Masalan, Lakhnauda tayyorlangan „quarama“da ghi, qatiq, qaymoq, maydalangan bodom, qalampirmunchoq, kardamon va zaʼfaron ishlatilgan. Shu bilan birga, 1869-yilda ingliz-hind „quorema“ yoki „korma“ taʼmi va nomi bilan farq qilgan. Unda qaymoq, bodom va zaʼfaron ishlatilmagan, balki oʻsha davr britancha qurma ziravorlari – kashnich, zanjabil va qora murch qoʻshilgan . Tayyorlanishi

Korma tayyorlash usuli boshqa dimlab pishirish texnikalariga oʻxshaydi. Avval goʻsht yoki sabzavot yuqori haroratda tez qovuriladi yoki qizartiriladi, anʼanaviy ravishda ghi (eritilgan sariyogʻ) ishlatiladi. Shundan soʻng taom uzoq vaqt davomida past olovda, oz miqdordagi suyuqlik bilan dimlab pishiriladi.

Pishirishning oxirgi bosqichlarida qozon ogʻzi xamir bilan yopilishi mumkin; bu usul „dum“ yoki „dampokhtak“ deb ataladi. Ziravorlar esa „bagar“ deb ataluvchi usulda tayyorlanadi: ular qisqa vaqt davomida qizigan yogʻda qovuriladi. Keyingi bosqichda qoʻshimcha ziravorlar qizdirilgan ghi bilan aralashtirilib, dimlanish jarayonida hosil boʻlgan sousga qoʻshiladi. Soʻngra qozon yopilib, ichidagi bugʻ chiqishi va masalliqlar yaxshi aralashishi uchun silkitiladi.

Pishirish yakunida baʼzan sariyogʻ yoki qaymoq qoʻshiladi. Zamonaviy Bangladesh oshxonasida esa ayrim oshpazlar qatiq oʻrniga quyuq bugʻlangan sut ishlatadilar.

Manbalar

Turkum:Afgʻon oshxonasi