Super Ballon d'Or () — 1989-yil 24-dekabr kuni fransuz sport jurnali France Football tomonidan so‘nggi uch dekadaning eng yaxshi futbolchisiga berilgan va tarixda faqat bir marta topshirilgan mukofotdir. U nufuzli Oltin toʻp mukofotidan ko‘ra kam topshiriladigan hisoblanadi.
1989-yil noyabr holatiga ko‘ra, bu mukofot faqat bir marta — ispan-argentinalik hujumchi Alfredo Di Stéfanoga topshirilgan. Mukofot uchun nomzodlar sifatida Oltin toʻpni bir necha bor qo‘lga kiritgan futbolchilar ishtirok etgan. G‘olib tomoshabinlar va o‘quvchilar, France Football hakamlar hay’ati hamda avvalgi Oltin toʻp sovrindorlari tomonidan berilgan ovozlar asosida aniqlangan. Tomoshabinlar va o‘quvchilar Michel Platinini eng yaxshi deb tanlagan bo‘lsa, France Football hakamlar hay’ati hamda sobiq Oltin toʻp sovrindorlari Alfredo Di Stéfanoni tanlagan.
Ko‘p yillar davomida uning Super Ballon d'Or sovrini Real Madridning Santiago Bernabéu stadionidagi muzeyida namoyish etib kelingan. Biroq 2021-yilda Alfredo Di Stéfanoning farzandlari uning esdalik buyumlarini auksionga qo‘yishdi. Sovrin £187,500 evaziga noma’lum xaridor tomonidan sotib olingan buyumlar qatorida bo‘lgan va hozirda uning qayerda ekanligi noma’lum.
Natijalar Gʻoliblar +Super Oltin toʻpYilOʻrinOʻyinchi19891 Alfredo Di Stéfano2 Johan Cruyff3 Michel Platini
Ovozlar +Ovozlar+France Football hakamlar hayʼatiOʻrinOʻyinchiOchkolar1 Alfredo Di Stéfano112 Johan Cruyff93 Michel Platini54 Franz Beckenbauer25 Karl-Heinz Rummenigge0 Kevin Keegan+Oltin toʻp sovrindorlariOʻrinOʻyinchiOchkolar1 Alfredo Di Stéfano82 Johan Cruyff63 Michel Platini34 Franz Beckenbauer25 Karl-Heinz Rummenigge0 Kevin Keegan+Tomoshabinlar va o‘quvchilarOʻrinOʻyinchiOchkolar1 Michel Platini54,12%2 Johan Cruyff25,31%3 Franz Beckenbauer10,60%4 Alfredo Di Stéfano6,40%5 Karl-Heinz Rummenigge1,42%6 Kevin Keegan0,96%
Manbalar
Turkum:Oltin toʻp