Qamishkoʻl — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Shodlik mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Etimologiyasi Qishloq nomi hududning tabiiy-geografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Qishloq hududidan Zarafshon daryosidan keluvchi Bulungʻur arigʻi hamda Tuyatortar kanali oqib oʻtadi. Suv toshqinlari davrida ushbu hududlarda ko‘llar hosil boʻlib, ularning atroflarida qamishlar oʻsadi.
Shu sababli suvli hududlarda qamish oʻsadigan ko‘l maʼnosida qishloq Qamishkoʻl deb nomlangan.Nafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009.
Manbalar
Kategoriya:Baxmal tumani qishloqlari Kategoriya:Jizzax viloyati aholi punktlari