Demak jomʼe masjidi () bu Indoneziyadagi eng qadimgi masjidlardan biri boʻlib, Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasidagi Demak shahri markazida joylashgan. Masjidni Vali Songo („Toʻqqiz nafar musulmon avliyo“)dan eng mashhuri Sunan Kalijaga boshchiligida, Demak sultonligining birinchi hukmdori Raden Patah davrida, XV asrda qurilgan, deb hisoblanadi.
Xususiyatlari Bir necha bor taʼmirlangan boʻlsa-da, u asosan oʻzining dastlabki holatini saqlab qolgan, faqat XIX asrda ayvon yoki surambi qoʻshilgan, xolos. U anʼanaviy yavacha masjidning klassik namunasi hisoblanadi. Yaqin Sharqdagi masjidlardan farqli oʻlaroq, Demak jom’e masjidi yog‘ochdan qurilgan. Gumbaz oʻrniga — gumbaz Indoneziya masjidlarida faqat XIX asrdan boshlab paydo boʻlgan — uning tomi pogʻonali qilib qurilgan va toʻrtta saka guru deb ataluvchi teak daraxt ustunlariga tayangan. Pogʻonali tom Yava va Balidagi hinducha-buddaviy tamaddunlarning yogʻoch diniy inshootlari bilan koʻp umumiylikka ega. Masjid Agung Demakning bosh kirish qismi ogʻzi katta, tishlari koʻrinib turgan hayvon boshi hamda oʻsimliklar, gulkoʻzalar, toj tasvirlari bilan bezatilgan ikki eshikdan iborat. Rivoyat qilinishicha, bu tasvir Ki Ageng Selo tomonidan tutib olingan momaqaldiroqning gavdalangan qiyofasini ifodalaydi, shuning uchun bu eshiklar Lavang Bledheg (momaqaldiroq eshiklari) deb ataladi. Oʻsha davrning boshqa masjidlari singari, uning yoʻnalishi ham Makkaga nisbatan faqat taxminiydir.
Oʻymakorlik va tarixiy yodgorliklar
Devorlarida Vyetnam chinnilaridan foydalanilgan. Ularning shakllari yavacha yogʻoch oʻymakorligi va gʻisht terish anʼanalaridan kelib chiqqan boʻlib, maxsus buyurtma qilingan, deb hisoblanadi. Tosh oʻrniga chinni qoʻllanishi esa Eron masjidlariga taqlid sifatida talqin qilinadi.
Gallereya
Yana qarang
Indoneziyada Islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Indoneziyadagi masjidlar Turkum:15-asr masjidlari