Omina Karimyan (1996-yil 1-noyabrda Hirotda tugʻilgan) — afgʻon astronomi va ayollar huquqlari faoli. Karimyan shu bilan birga qurilish boʻyicha muhandis boʻlib, astronomiya sohasida yosh qizlar va ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Kayhana Astronomical Group tashkilotining asoschisidir. U 2021-yilda BBCning „100 ayol“ loyihasi tomonidan dunyoning eng ilhomlantiruvchi 100 ayoli roʻyxatiga kiritilgan. Tarjimayi holi Karimyan 1996-yilda Afgʻonistonning Hirot shahrida tugʻilgan va yoshligidan astronomiyaga qiziqa boshlagan. Astronomiyani oʻrganishni xohlagan, biroq oʻsha paytda Afgʻonistonda bu yoʻnalishda oʻqish imkoniyati boʻlmagani sababli boshqa mutaxassislikni tanlashga majbur boʻlgan.
Hirot universitetini qurilish muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Shundan soʻng Birlashgan Millatlar Tashkilotining UN-Habitat loyihasida muhandis sifatida ishlagan. 2018-yilda Karimyan Suhayl Karimiy bilan birgalikda Kayhana Astronomical Group tashkilotiga asos solgan. Bu tashkilot 2021-yilda Xalqaro Astronomiya Ittifoqining „Telescope for All“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Tashkilot oʻz turidagi yagona guruh boʻlib, unda taxminan 150 aʼzo bor edi. Oʻsha yili Tolibon Afgʻonistonda hokimiyatni egallaydi va Karimyan allaqachon tahdid ostida boʻlgani sababli mamlakatni tark etishga qaror qiladi.
Karimyan ilmiy faoliyati tufayli viza berilganini bilgan edi. U viza olish uchun Afgʻonistondan Pokistonga oʻtib, Avstriya elchixonasiga borishga qaror qiladi. Yoʻlda Tolibon tomonidan kaltaklanib, keyin qoʻyib yuborilgan. Safarini davom ettirib, Islomoboddagi Avstriya elchixonasiga yetib borgan, biroq u yerda viza berilmagan. Bu vaʼda buzilgani va Avstriyaning uni fuqarolik sifatida qabul qilmaganidan yoʻqotgan imkoniyati haqida ommaviy axborot vositalarida xabarlar berilgan.
Bir guruh jurnalistlar Avstriya hukumatiga murojaat qilgan. Ushbu masala Germaniya hukumatining eʼtiborini tortgan va natijada Karimyan uchun viza berilgan. 2022-yilda Germaniyada qochqin sifatida yashagan.
2022-yilda uning Afgʻonistondagi ayol astronomlar haqida yozgan maqolasi „Nature Astronomy“ jurnalida chop etilgan boʻlib, unda bu sohadagi ayollar qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi taʼkidlangan.
2024-yil iyul oyida Nele Dehnenkamp Karimyan haqida „Kleines Universum“ („Kichik koinot“) nomli 30 daqiqalik hujjatli filmni suratga oladi. Film Germaniyada fors tilida yaratilgan boʻlib, unda gender masalalari, ijtimoiy ulgʻayish va urush mavzulari yoritilgan. Manbalar