Molon koʻprigi (Pul-i-Malan deb ham ataladi; dariycha:) — Tajan daryosi ustida qurilgan ikki yoʻlakli, arkali koʻprik boʻlib, Injil tumanini Guzara tumani bilan bogʻlaydi. Bu ikki tuman ham Hirot viloyati tarkibiga kiradi. Koʻprik taxminan 1110-yilda qurilgan. U Hirotning eski shahridan taxminan 12 km janubda joylashgan boʻlib, Pul-i Pushtu koʻprigidan pastroqda (gʻarb tomonda) joylashgan. Hozirgi kunda koʻprik 22 ta arkadan iborat boʻlib, Tajan daryosidagi boshqa koʻpriklarni yuvib ketgan bir necha toshqinlarga qaramay saqlanib qolgan. Uning uzunligi 230 metr, kengligi 8 metr, balandligi esa 10 metrni tashkil qiladi.
Tarixi Molon koʻprigi qurilishi haqida xalq orasida mashhur bir afsona mavjud. Unga koʻra, afsonaviy malikalardan Bibi Nur va Bibi Hur taxminan milodiy 900-yillarda bu koʻprikni qurishgan. Rivoyatga koʻra, ular Zardushtiylik diniga eʼtiqod qilishgan. Opa-singillarning koʻplab parrandalari boʻlganligi sababli, ular tuxum poʻchoqlarini loy bilan aralashtirib, katta mehnat bilan poʻlatdan ham mustahkam koʻprik qurishgan deb aytiladi.
Molon koʻprigi 1110–1112-yillarda Saljuqiylar sultoni Ahmad Sanjar hukmronligi davrida qurilgan. Bobur esa 1506-yilda Hirot shahriga qilgan tashrifi chogʻida bu koʻprikni ham tilga olgan. Sayyoh Alexander Hamilton XIX asr oxirida yozgan maʼlumotlariga koʻra, oʻsha paytda koʻprikda 17 ta arka boʻlgan. Hozirgi kunda esa koʻprik 22 ta arkadan iborat. XIX asr oxirida koʻprik qarovsiz qolgan va asta-sekin yemirila boshlagani haqida ham xabarlar berilgan. 1972-yilga kelib, koʻprikning bir qismi suv oqimi sabab yuvilib ketgan va undan oʻtish imkonsiz boʻlib qolgan.
Molon koʻprigi yaqinida 1961–1962-yillarda (SH 1340) daryo oqimi yuqoriroq qismida zamonaviy koʻprik qurilgan. Shu koʻprik qurilishidan oldin Pul-i Malan va Qandahor shaharlarini bogʻlaydigan yagona koʻprik boʻlib, shu sababli juda muhim hisoblangan. Koʻprik Afgʻon urushi davrida qisman vayron qilingan. Urush natijasida: ikki qoʻriqlash minorasi qulab tushgan, 5 ta arka buzilgan. Keyinchalik Afgʻon qochqinlariga yordam berish boʻyicha Daniya qoʻmitasi koʻprikni qayta tiklagan. Taʼmirlash jarayonida beton va pishgan gʻisht ishlatilgan hamda koʻprikning poydevori va yoʻl qismi mustahkamlangan. Taʼmirlash ishlari tugagach, koʻprik 1995-yilda yana foydalanish uchun ochilgan.
Manbalar
Havolalar United Nations photo of Pul-i Malan (on Flickr) Page on archnet.org
Turkum:Koʻpriklar Turkum: Afg‘onistondagi ko‘priklar Turkum: 1990-yillarda qurilgan ko‘priklar