Futbol boʻyicha 2026-yilgi Oʻzbekiston Kubogi (Футбол бўйича 2026-йилги Ўзбекистон Кубоги) — har yili oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Kubogi musobaqasining 36-mavsumi.

Mavsum voqealari Milliy chempionat va terma jamoa yigʻinlari taqvimini optimallashtirish maqsadida, 2026-yilgi guruh bosqichi oʻyinlari markazlashgan holda 8—26-may sanalari oraligʻida toʻliq oʻtkazib olindi. Reglamentga koʻra, klublar terma jamoaga qancha futbolchi berishidan qatʼi nazar, kubok bahslarida ishtirok etishi majburiy qilib belgilandi.

Kubokning 1/8 finalida oʻziga xos final — Neftchi hamda amaldagi kubok sohibi Paxtakor oʻrtasida bahs boʻlib oʻtdi. Unda Neftchi 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, „Paxtakor“ni turnirdan chiqarib yubordi. Yana bir markaziy oʻyinda Namanganning „Navbahor“ klubi „Nasaf“ni 1:0 hisobida magʻlub etdi.

Proliga va birinchi liga vakillari boʻlgan „Gʻazalkent“ (1/8 finalda „Qoʻqon-1912“ni 2:1 ga yutdi) hamda „Guliston“ jamoalari chorak finalgacha yetib kelib, mavsum sensatsiyasiga aylanishdi.

OʻzPFL qaroriga koʻra, 2026-yilgi Oʻzbekiston Kubogining yarim final va final uchrashuvlari Toshkentda markazlashgan holda oʻtkazilishi belgilangan.

Qur’a va format Mavsum taqvimidagi oʻzgarishlar va guruh bosqichining may oyiga koʻchirilishi sababli qurʼa tizimida oʻziga xos yangiliklar joriy etildi. Milliy terma jamoa yigʻinlari va taqvimdagi boʻshliqlarni toʻldirish maqsadida guruh oʻyinlari 8–26-may kunlari oʻtkazilishi belgilandi. Yangi qoidaga koʻra, klublar milliy jamoaga qancha futbolchi berishidan qatʼi nazar kubok bahslarida ishtirok etishi shart qilib qoʻyildi. 11-mart kuni saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Qurʼa natijasiga koʻra 32 ta jamoa 8 ta guruhga ajratildi. Guruh bosqichi yakunlangach, 2-iyun kuni pley-offning ilk bosqichiga qurʼa tashlandi. Guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan klublar qurʼada 1-savatchadan joy olib, nimchorak final oʻyinini oʻz maydonlarida qabul qilish huquqini qoʻlga kiritishdi. Guruhda 2-oʻrinni olgan klublar esa yagona oʻyindan iborat bahsni safarda oʻtkazadigan boʻlishdi. Guruh bosqichida bir guruhdan chiqqan ikki jamoa pley-offning ushbu bosqichida oʻzaro raqib boʻlmasligi taʼminlandi. Jamoalar Oʻzbekiston Superligasi 2026-yilgi mavsumidagi 16 ta klub Oʻzbekiston Pro-ligasining 2026-yilgi mavsumidagi 14 ta klub Oʻzbekiston Birinchi ligasi 2026-yilgi mavsumidagi 29 ta klub Andijon Bunyodkor Buxoro Dinamo Mashʼal Nasaf Navbahor Neftchi OKMK Paxtakor Qizilqum Qoʻqon 1912 Soʻgʻdiyona Surxon Xorazm Lokomotiv Aral BuxDU FarDU QMU Jayxun Kattaqoʻrgʻon Lochin Metallurg Olimpik MobiUz Paxtakor FM Respublika FA TerDU Yaypan Gʻazalkent Shoʻrtan Andijon FA Ahmedov Azur Buxoro FA Bunyodkor FM Barkamol Doʻstlik Fargʻona FA Guliston Havokand Jizzax FA Lokomotiv FM Lokomotiv BFK Namangan FA Navoiy FA Nasaf FM Oqtepa OKMK Semurgʻ Qashqadaryo FA Qoraqalpogʻiston FA Respublika FA-2 Sirdaryo FA Samarqand FA Surxondaryo FA Sementchi Toshkent FA Toshkent VFA Xorazm FA Sherdor

Saralash bosqichi Birinchi saralash bosqichi

Ikkinchi saralash bosqichi

Uchinchi saralash bosqichi

Guruh bosqichi Qur’a A guruhi

B guruhi

C guruhi

D guruhi

E guruhi

F guruhi

G guruhi

H guruhi

Pley-off bosqichi Qur’a 2-iyun kuni 2026-yilgi Oʻzbekiston Kubogi musobaqasining nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi oʻtkazildi. Nimchorak final

Bosqichlar

Chorak final

Yarim final

Final

Toʻpurarlar

Yana qarang

Futbol boʻyicha 2026-yilgi Oʻzbekiston Superligasi Futbol boʻyicha 2026-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasi Futbol boʻyicha 2026-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasi Futbol boʻyicha 2026-yilgi Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi

Manbalar

Havolalar Oʻzbekiston Kubogi pfl.uz rasmiy sayti OʻzPFL Rasmiy telegram kanali 2026-yilgi Oʻzbekiston Kubogi / GSA

Turkum:2026-yilda Osiyodagi milliy kuboklar Turkum:2026-yilda Oʻzbekiston futboli Turkum:Oʻzbekiston kubogi mavsumlari