Al-Badr masjidi () Fransiyaning Marsel shahridagi 1-okrugida joylashgan masjiddir. Binoni 2016-yilda Al-Badr musulmonlar uyushmasi sotib olgan boʻlib, u ilgari Or Thora sinagogasi deb atalgan, shuningdek Or Tora sinogogasi ('Tavrot nuri' sinagogasi) nomi bilan ham tanilgan sobiq yahudiy sinagogasi edi; u 1962-yilda pye-noirlar tomonidan tashkil etilgan.

14 rue Saint Dominique manzilidagi sobiq sinagogani sotib olishdan avval, masjid 206 Chemin Saint-Joseph à Sainte-Marthe manzilida joylashgan edi.

Tarixi Sinogoga sifatida Sinagoga 1962-yilda Fransuz Jazoiridan kelgan pye-noirlar tomonidan tashkil etilgan. U Rue Saint Dominique koʻchasida, Marsel-Sen-Sharl temir yoʻl vokzali bilan Kanebyer oʻrtasida joylashgan Afina bulvaridan ichkarida, Marselning 1-okrugida joylashgan.

Marselda antisemitizm kuchaygani oqibatida sinagoga faoliyati toʻxtatilgan.

Masjid sifatida Shu bilan bir vaqtda, Al-Badr musulmonlar uyushmasi tomonidan boshqariladigan yaqin atrofdagi masjid haftalik haddan tashqari koʻp tashrifchi uchun yetarli joyga ega emas edi. Sinagoga binosi 2016-yilda Al-Badr musulmonlar uyushmasiga, yaʼni musulmon tashkilotiga, 400 000 yevroga sotilgan. Uyushma uni masjidga aylantirishni va 2016-yil holatiga koʻra, Marselda yashayotgan taxminan 220 000 musulmonning bir qismini sigʻdira olishni rejalashtirgan edi.

Binoni masjidga aylantirish ishlari da yakunlangan.

Yana qarang

Fransiyada Islom Fransiyadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Fransiyadagi masjidlar Turkum:21-asr masjidlari