Abdullayev Muzaffar Abdugʻaniyevich (1984-yilda tugʻilgan) — oʻzbek davlat arbobi, 2025-yil 29-dekabridan buyon Namangan viloyati Uychi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Biografiyasi Muzaffar Abdullayev 1984-yilda Namangan viloyati Uychi tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi, tarmoqlar iqtisodiyoti magistriUychi tumanida ham hokim almashdi. Kun.uz (2025-yil 29-dekabr)..

Faoliyati Mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan viloyati moliya boshqarmasida boshlagan. Faoliyati davomida quyidagi lavozimlarda ishlagan:

2017–2019-yillarda Namangan shahar hokimligi moliya boʻlimi mudiri. 2019–2020-yillarda Namangan shahar hokimining oʻrinbosari. 2020–2021-yillarda viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari. Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2025-yil 29-dekabr kuni xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi etib tasdiqlanganMuzaffar Abdulllayev Uychi tumani hokimi etib tayinlandi. Platina.uz..

Manbalar

Turkum:Uychi tumani hokimlari Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Namangan viloyati hokimlari oʻrinbosarlari