thumb|Sheroz gilami Sheroz gilami () — Forsning Sheroz shahri atrofidagi qishloqlarda toʻqiladigan bir turdagi fors gilami.

Naqshlar odatda oʻtroqlashgan qabila toʻquvchilaridan kelib chiqqan boʻlib, ular qashqay, Xamse (Basseriy va Xamse arablar) , Afshor, Abade va Lur naqshlarini taqlid qiladi. Toʻquvchilar oʻrnatilgan dastgohlardan foydalanganlari uchun gilamlar koʻproq katta va koʻpincha koʻchmanchilarning gilamlariga qaraganda dagʻalroq boʻladi. Sheroz gilamlari odatda juda nozik tugun bilan toʻqilmaydi, qashqay hamda Abade gilamlarida esa tugunlar nozikroq boʻladi. Sheroz gilamlarida forscha (nosimmetrik) tugun ishlatiladi.

Baʼzi namunalarda Kirusning oq oti tasvirlanadi. Sheroz gilami bulbulni tasvirlaydigan yagona gilam boʻlib, ular burchakli shakldagi qushlar sifatida koʻrsatiladi. Ushbu qushlar rozi boʻlish va baxtiyorlik ramzi, deb aytiladiOriental rugs: a complete guide — Charles W. Jacobsen, C. E. Tuttle Co. 1962.

Fors viloyatining fors qabilalaridan biri boʻlgan Basseriy qabilasi gilamlari oʻzining rang-barang naqshlari bilan mashhur. Toʻq sariq rang Basseriy gilamlariga xos boʻlgan alohida rang hisoblanadi.

Manbalar