Dürriye Sulton (; 1905-yil 3-avgust — 1922-yil 15-iyul) — Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed V ning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Ziyoyiddinning qizi.

Yoshligi Dürriye Sulton 1905-yil 3-avgustda Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Uning otasi Shahzoda Mehmed Ziyoyiddin, onasi esa Ünsiyar Xonim boʻlgan. Malika otasining ikkinchi farzandi va qizi, onasining esa toʻngʻich farzandi edi. Uning oʻzidan bir yosh kichik Rukiye Sulton ismli singlisi va besh yosh kichik Shahzoda Mehmed Nazım ismli ukasi boʻlgan. Dürriye sulton Mehmed V va Kamures Kadınning nevarasi edi.

1915-yilda Dürriye singlisi va ukasi bilan birga taʼlim ola boshladi. Oʻqituvchisi Safiye Ünüvar ularga Qurʼon oʻqishni oʻrgatgan. 1918-yilda bobosining vafotidan soʻng, u otasining Haydarposhodagi villasiga koʻchib oʻtdi, u yerda onasi va singlisi bilan birga birinchi qavatda yashadi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, uning muallimasi Safiye Ünüvar ham u bilan birga yashash uchun uning xonadoniga koʻchib keldi.

Turmushi Dürriye Sulton Abdulhamid II ning qizi Naima Sulton va Mehmed Kamoliddin poshoning oʻgʻli Sultonzoda Mehmed Cahid Usmon Beyga turmushga chiqdi. Nikoh marosimi 1920-yil 26-martda Yıldız saroyida boʻlib oʻtdi. Ularning nikohini shayx ul-islom Haydarizoda Ibrohim afandi oʻqidi. Malikaning sepiga 1001 hamyon oltin berilgan. Nikohdan soʻng u dengiz boʻyida joylashgan Naime Sulton saroyiga koʻchib oʻtgan.

Ilgari uning otasi bilan Mehmed Cahidning onasini nikohlash masalasi koʻrib chiqilgan edi.

Nikoh shartnomasida unga eridan ajralish huquqi berilgan edi. Ular 1921-yil 6-noyabrda shayx ul-islom Nuri afandining koʻmagida ajrashdilar. Ajrashgach, eri uning togʻasining qizi Laverans Xonimga uylanib, undan Bülent Usmon Bey ismli oʻgʻil koʻrgan.

Vafoti Dürriye Sulton 1922-yil 15-iyulda 16 yoshida sil kasalligidan vafot etgan va Istanbuldagi Haydarposho hududida dafn qilingan. Oʻsha yilning oʻzida uning xotirasi uchun Ayrılık favvorasi taʼmir qilingan.

Mukofotlari Usmoniylar xonadoni ordeni.

Nasl-nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:1905-yilda tugʻilganlar Turkum:1922-yilda vafot etganlar