Mobina Nematza⁠deh (; 2005-yil 17-mayda tugʻilgan) — eronlik taekvondochi. Ayollar oʻrtasida 49 kg vazn toifasida 2022-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.⁠ Xitoyning Tai’an shahrida boʻlib oʻtgan sarlash bahslarida 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 49 kg vazn toifasida bronza medallaridan biriga sazovor boʻlgan.

Tavalludi va dastlabki sport faoliyati Mobina Nematza⁠de 2005-yil 17-mayda sportga ishtiyoqmand oilada dunyoga kelgan. Otasi milliy bodibilding terma jamoasining sobiq aʼzosi Abbas Nematza⁠de boʻlib, qizining sportga boʻlgan qiziqishi shakllanishida muhim rol oʻynagan.

Nematza⁠de olti yoshida taekvondo bilan shugʻullanishni boshladi va tez orada Tehronning oʻsmirlar jamoasi tarkibiga qoʻshildi. Oradan bir yil oʻtib, oʻzidan katta raqiblarga qarshi kurashib, mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi. 10 yoshida sportchi milliy terma jamoaga taklif qilindi, bu esa taekvondo sportida kam uchraydigan yutuq hisoblanadi.

Xalqaro yutuqlari Nematza⁠de xalqaro miqyosdagi ilk muvaffaqiyatli urishini 2017-yilda Vyetnamda boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionatida qayd etgan. Ushbu musobaqada sportchi oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2019-yilda u Iordaniyadagi oʻtkazilgan taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionatida va Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yana ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2022-yilda Nematzade Vyetnamda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionatida oltin medal, Bolgariyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida yana bir oltin medalga sazovor boʻldi.

Kattalar terma jamoasidagi debyuti Erta isteʼdodi va yutuqlari tufayli Nematza⁠de kattalar terma jamoasiga taklif qilindi va u yerda ham yosh boʻlishiga qaramay sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishda davom etdi. 2022-yilda sportchi Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida kumush medal va Tehronda oʻtkazilgan Osiyo klublar chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u Xanchjouda oʻtkazilgan 2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida bronza medaliga ega chiqdi. Uning boshqa muhim yutuqlari qatorida Jahon taekvondo prezidenti kubogida qoʻlga kiritilgan bitta oltin va bitta bronza medali, shuningdek, Fransiya va Italiyadaa boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqalarida qoʻlga kiritilgan ikkita bronza medali bor.

2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari Nematza⁠de 19 yoshida Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzining Olimpiada oʻyinlaridagi debyut ishtirokini amalga oshirdi. Birinchi bosqichda sportchi Lesoto vakili Michelle Thaoni magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi. Bu bosqichda u 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi kumush medali sovrindori, Ispaniya vakili Adriana Cerezo ustidan gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Yarim final bahsida Nematza⁠de Xitoy vakilasi, 2022-yilgi jahon chempionati kumush medali sohibasi Gu Tsingga qarshi maydonga tushdi va ogʻir bellashuvdan soʻng bronza medali uchun bahsga yoʻllanmaga erishdi. Ushbu bahsda Nematzade Saudiya Arabistoni vakilasi, 2022-yilgi jahon chempionati bronza medali sovrindori Donya Abutaleb bilan jang qilib, gʻalaba qozondi va Yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medaliga ega chiqdi.

Ushbu bronza medal eronlik ayollar sporti tarixida Kimia Alizade tomonidan qayd etilgan natijadan keyingi ikkinchi Olimpiya medali boʻlib, Mobina Nematza⁠de va umuman Eron sporti uchun muhim yutuq hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar Mobina Nematza⁠deh 2022 Osiyo oʻyinlarida (arxivlangan)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi taekvondochilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlari taekvondochilari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida medal sohiblari