Mohpaykar Xonimsulton (; 1917-yil 17-may — 2000-yil 3-aprel), shuningdek, Mohpaykar Anvar yoki Mohpaykar Ürgüp nomlari bilan ham atalgan Usmoniylar malikasi, Naciye sulton va Anvar Poshoning qizi.

Hayoti Mohpaykar Xonimsulton 1917-yil 17-mayda Kuruçeşme saroyida tugʻilgan. Uning otasi Ahmad bey va Oysha Dilara xonimning oʻgʻli Ismoil Anvar posho edi. Onasi esa Shahzoda Salim Sulaymon va Oysha Tarzıter xonimning qizi Naciye Sulton boʻlgan. Uning Türkan Xonimsulton ismli singlisi va Sultonzoda Ali bey ismli ukasi bor edi. Mohpaykarning onasining ikkinchi eri, yaʼni Mohpaykarning otasining ukasi Komil bey bilan nikohidan tugʻilgan Rana Xonimsulton ismli ona bir singlisi ham boʻlgan.

1920-yilda otasi Berlin shahrida boʻlgan chogʻda Mohpaykar onasi va singlisi Türkan bilan uning oldiga borishdi. Anvar posho Sovet Rossiyasiga ketganidan soʻng uning oilasi oʻsha yerda qoldi. Anvar posho 1922-yilda vafot etganidan keyin esa ular Istanbulga qaytishdi. 1924-yil mart oyida sulola vakillari surgun qilinganda Mohpaykar va uning oilasi Fransiyaning Parij shahriga joylashdi, keyinchalik esa Nice shahriga koʻchib oʻtishdi. Surgun chogʻida Mohpaykar va uning uka-singillariga togʻasi hamda oʻgay otasi Kamil posho taʼlim bergan. Kamil posho har yakshanba kuni ularga, shuningdek, malikalar Neslişah Sulton, Honzoda Sulton va Necla Sultonga eski turk alifbosida oʻqish va yozishni oʻrgatardi.

1931-yilda xalifa Abdulmajid II yagona qizi Dürrüşehvar Sultonni Haydarobod nizomi Mir Usmon Alixonning toʻngʻich oʻgʻli va vorisi Azam Jahga, Mohpaykarni esa nizomning ikkinchi oʻgʻli Moazzam Jahga turmushga chiqishi uchun kelishuv tuzdi. Baʼzi manbalarga koʻra, nizom oʻzining toʻngʻich oʻgʻliga Dürrüşehvarning qoʻlini soʻrash uchun koʻp harakat qilgan. Ularning oilasi talab qilgan yuqori mahrdan norozi boʻlgan va oxir-oqibat bitimga yana bir Usmoniylarning qizini kiritish bilan murosa qilgan. Biroq shahzoda Usmon Fuod va uning rafiqasi misrlik malika Karima Xonim Nizomning kichik oʻgʻli Muazzam Jah ularning jiyani Nilufar Xonimsultonga uylanishini xohlashyotgan edi. Ularning maqsadi jiyanlarini boy kishiga turmushga berish edi. Ular Nilufarni bezantirib, chiroyli koʻrinishga keltirib, Moazzam Jah bilan tanishtirdilar. Oʻsha paytda juda maftunkor va goʻzal boʻlgan Nilufer shunchalik jozibador ediki, Mohpaykar unga tenglasha olmasdi. Moazzam Jah uni koʻrganida Mohpaykar haqida butunlay unutib, faqat Nilufarga uylanishda turib oldi.

1939-yilda Mohpaykar va uning uka-singillari Turkiyaga qaytishi uchun maxsus qonun qabul qilindi. Shundan soʻng ular Istanbulga joylashdilar. Ikkinchi jahon urushining avj olishi bilan u onasi va singillari bilan 1943-yilgacha Shveysariyada yashadi va shifokor boʻlish uchun tahsil oldi. Soʻngra psixiatriya yoʻnalishini tanladi. 1946-yilda Mohpaykar shifokor Fikret Ürgüp ismli kishiga turmushga chiqdi. Ularning 1948-yilda tugʻilgan Hasan ismli oʻgʻillari boʻlgan. Mohpaykar va eri 1954-yildan 1959-yilgacha AQShda, 1959-yildan 1961-yilgacha Angliyada psixiatr boʻlib ishlagan va 1961-yilda Turkiyaga qaytishgan.

Mohpaykar Xonimsulton 2000-yil 3-aprelda Istanbulda 82 yoshida vafot etgan. Dafn marosimi 6-aprel kuni Erenköydagi Galip posho masjidida boʻlib oʻtgan. Unda Usmoniylar sulolasi aʼzolari qatnashgan. Vafotidan keyin Zincirlikuyu qabristoniga dafn qilingan.

Farzandlari Ismi Tugʻilgan yili Vafot etgan yili Izohlar Hasan Ürgüp 1948 1989-yil 12-noyabr Uylanmagan va nasl qoldirmagan. Vafotidan keyin Istanbulda dafn qilingan.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1917-yilda tugʻilganlar Turkum:2000-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:Turk psixiatorlari Turkum:20-asr turk shifokorlari