Ivana Jorovich (1997-yil 3-mayda tugʻilgan) — bugungi kunda faoliyatini toʻxtatgan serbiyalik tennischi.

Sportchi faoliyati davomida ITF ayollar turida oʻn uchta yakkalik bahslarida va uchta juftlik bahslarida chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2019-yil 15-iyulda yakkalik bahslarida oʻzining eng yuqori natijasini qayd etgan holda dunyo reytingida 86-oʻringa koʻtarilgan. 2017-yil 17-iyulda esa juftlik bahslarida 299-oʻrinni band qilgan.

Jorović Serbiya Billie Jean King kubogi terma jamoasi safida oʻynab, 13 ta oʻyinda gʻalaba qozongan va 10 ta oʻyinda magʻlub boʻlgan. Sportchi 2015 va 2017-yillarda Fed Cup Heart mukofotiga nomzod boʻlgan.

Milliy terma jamoa safida 2015: Fed Cupdagi debyut 4-fevral kuni Jorović oʻzining ilk Fed Cup oʻyinini Yevropa / Afrika I guruhida oʻtkazdi. Tennischi musobaqada Avstriya vakilasiga qarshi maydonga tushdi. U raqibi Barbara Haasni ikki setda magʻlub etdi. Shundan keyin Jorović Fed Cup musobaqasining juftlik bahslarida ham debyut ishtirokini amalga oshirdi. Aleksandra Krunić bilan juftlik bahsida avstriyalik juftlik Julia Grabxer / Sandra Klemenschitsni ikkita setda magʻlub etishdi.

Bir kundan keyin Serbiya Vengriya jamoasiga qarshi oʻyin olib bordi. Sportchi birinchi boʻlib maydonga tushirildi va Dalma Galfiga qarshi oʻynadi. U ushbu uchrashuvda gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. Keyinroq Aleksandra Krunić bilan birgalikda vengriyalik juftlik Timea Babos / Réka Luca Janiga uch setda oʻyinni boy berdi.

I guruh pley-of bosqichida Jorović Xorvatiya vakilasiga qarshi oʻyin olib bordi. U raqibi Ana Konjuhni uch setda magʻlub etdi. Jorović, shuningdek, juftlik bahsida ham oʻynashi kerak edi, biroq Serbiya jamoasi allaqachon 2–0 hisobida gʻalaba qozonganligi sababli oʻyin bekor qilindi.

Sport faoliyati Yoshlar davri Jorović 2014-yil iyun oyida dunyoning eng yosh 1-raqamli tenschisi sifatida qayd etilgan. Shuningdek, 2014-yilda Avstraliya Ochiq chempionati qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida va Fransiya Ochiq chempionatidagi yakkalik oʻyinlarida musobaqaning finaliga qadar yetib borgan.

2014–2017: WTA turida debyut Jorović 2014-yilda Hindistonda oʻtkazilgan Dehli ochiq chempionatida gʻalaba qozongan.

U oʻzining ilk WTA turi asosiy toʻr bahsini 2016-yilgi Jiangxi xalqaro ochiq chempionatida oʻtkazib, birinchi davrada 5-beshinchi raqamli raketka ustasi Zhang Kailinga uch setda oʻyinni boy bergan.

2017-yil iyun oyida u WTA 125 tasnifidagi Bol Open musobaqasida chorak finalga chiqib, boʻlajak chempion Aleksandra Krunićga yutqazgan.

Manbalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiyalik ayol tennischilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan tenschilar