Alina Aleksandrovna Korneeva (, 2007-yil 23-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik professional tennischi. 2024-yil 26-fevralda WTA tasnifida yakkalik bahslarida sport faoliyatidagi eng yuqori koʼrsatkich — 128-oʻrinni, juftlik bahslarida 2025-yil 18-avgustda 223-oʻrinni qayd etgan.

2023-yilda Korneeva qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida ikki marta Katta dubulgʻa turniri gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Ushbu gʼalabalar Avstraliya ochiq chempionati va Fransiya ochiq chempionatida qayd etilgan. Shundan soʼng sportchi dunyo boʼyicha ITF oʻsmirlar oʼrtasida kombinatsiyalangan reytingda 1-raqamli raketka ustasiga aylangan.

Sport faoliyati 2021 Korneeva 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Yevropa oʻsmirlar chempionati yakkalik bahslarida chexiyalik tennischi Tereza Valentovága magʻlub boʻlib, musobaqani ikkinchi oʻrin bilan yakunlagan.

2022 2022-yilda ITF oʻsmirlar oʼrtasidagi musobaqada Korneeva yakkalik bahslarida olti marta gʻolib chiqib, shu yili qizlar oʼrtasida tennis boʼyicha eng koʻp unvonni qoʻlga kiritgan oʻyinchiga aylangan. Sportchi sentyabr oyida Kasablankada ilk bor sovrin jamgʼarmasi 15 000 dollar boʼlgan turnirda gʼalaba qozongan. Tennischi musobaqa finalida Laura Hietarantani magʻlub etishga muvaffaq boʼlgan.

2023: 1-raqam, WTA turidagi debyut

Shu yili Korneva oʻsmirlar oʻrtasida ilk bor „Katta dubulgʻa“ turniri — Avstraliya ochiq chempionatida muvaffaqiyatga erishdi. Tennisdagi jufti Mirra Andreeva bilan birga qizlar oʼrtasida juftlik bahslarida yarim finalga yoʼllanma oldi. Qizlar oʼrtasida yakkalik bahsi finalida Andreevani uch setda magʻlub etib, gʻoliblikni qoʼlga kiritdi. Final oʼyini arafasida Andreeva: „U mening juda yaqin dugonam, eng yaqin dugonam“, — degan edi. Oʻyindan soʻng Korneeva kortda unga: „Bu bizning soʻnggi jangimiz emas. Bizda hali koʻp yaxshi oʻyinlar boʻladi, sen yutadigan, men yutadigan… bu ogʻir jang boʻldi“, — deydi. Qizlar oʼrtasida yakkalik bahslarining chorak finalida Korneeva ikkinchi raqamli raketka ustasi Tereza Valentováni magʻlub etdi. Valentová 18 oy avval Yevropa oʻsmirlar chempionatining 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʼrtasida yakkalik bahsi finalida Korneevani yenggan edi.

Mart oyida Korneeva Pretoriyadagi 60 ming dollarlik turnirning asosiy toʻr bahsiga saralash orqali yoʻl oldi va finalda Timea Babosni magʻlub etib, turnir gʻolibiga aylandi. 15 yosh 8 oy 18 kunlik chogʻida Korneeva ITFning 60 ming dollarlik yoki undan yuqori darajadagi turnirida gʻolib chiqqan tarixdagi beshinchi eng yosh oʻyinchiga aylandi.

1-may kuni Korneeva oʻsmirlar oʼrtasida jahon reytingida 1-oʻringa koʻtarildi.

Manbalar

Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr rossiyalik ayol sportchilar