Hasanvayhiylar yoki Hasanuyiylar (kurdcha: حەسەنوویییەکان) — oʻn ikki imom shialigiga mansub kurd sulolasi boʻlib, taxminan 959-yildan 1015-yilgacha Eronning gʻarbiy hududlarida, jumladan, Eron Ozarbayjoni va Zagros togʻlari hududlarida, Shahrizor va Xuziston oraligʻida hukmronlik qilgan. Hasanvayhiylarning soʻnggi hukmdori 1015-yilda Bisotun janubidagi Sarmajda vafot etgan. Aynan shu davrda saljuqiylar mintaqaga kirib kelishni boshlagan edilar.

Ayshaniylar sulolasidan oldingi hukmdorlar Hasanvayhiylardan avval bu hududda Ayshaniylar yoki Ishaniylar nomli kurd qabilasi hukmronlik qilgan. Ushbu sulola vakillari Dinovar, Hamadon va Nahovand tumanlarini boshqargan edilar. Sulola amirlari boʻlgan Gʻanim va Vindad (Ahmad ismli shaxsning oʻgʻillari) qariyb 50 yil davomida Abbosiylar xalifaligidan hokimiyatni tortib olib, 960—961-yillargacha hukmronlik qilganlar. Keyingi avlod Ayshaniy amirlari esa oilaviy qal’alarini saqlab qola olmadi. Gʻanimning oʻgʻli Dizam Buvayhiylar qoʻshinlaridan magʻlub boʻldi. Vindadning oʻgʻli Abdulvanhabni esa raqib kurd guruhi asir olib, Hasanvayhiylar sulolasining birinchi hukmdori Hasanvayhga topshirdi. Hasanvayh Gʻanim va Vindadning ona tomondan jiyani boʻlib, shu tariqa Ayshaniy qarindoshlariga tegishli qal’alarni qoʻlga kiritgan.

Tarixi Sulola nomi birinchi hukmdor Hasanvayh ibn Husayn (Barzikaniy qabilasidan) nomidan kelib chiqqan eponim hisoblanadi. Buvayhiylar sulolasiga tobe boʻlgan Hasanvayh Somoniylarga qarshi buvayhiylarni qoʻllab-quvvatlagan va bu orqali maʼlum darajada kuch toʻplash imkoniga ega boʻlgan. Oxir-oqibat Luriston, Dinovar, Nahavand va Hamadonning katta qismini nazorat qilgan hamda shu darajada qudratli boʻlganki, buvayhiylar uni bezovta qilishdan tiyilganlar. Hasanvayhning taʼsiri hatto Ozarbayjongacha yetib borgan.

thumb|Hasanvayhiylar sulolasi davrida zarb etilgan tangalar

979-yilda Hasanvayhning vafotidan soʻng oʻgʻli Badr ibn Hasanvayh hukmdor boʻldi va muhim yutuqlarga erishdi. Jumladan, tartib oʻrnatdi, kuchli moliyaviy boshqaruv tizimini rivojlantirdi, togʻli hududlarda yoʻllar va bozorlar qurdi, oʻz hududidan oʻtuvchi ziyoratchilar xavfsizligini taʼminladi hamda tangalar zarb ettirdi. Badr otasi singari buvayhiylarga sadoqat bildirishni davom ettirdi.

Badr ibn Hasanvayhdan soʻng 1014-yilda nabirasi Zohir hokimiyatni qoʻlga oldi. Biroq Zohir atigi 1 yil hukmronlik qilgach, buvayhiylar hukmdori Shams ud-Davla tomonidan quvib chiqarilib, koʻp oʻtmay oʻldirildi. Annaziylar Hasanvayhiylarga tegishli gʻarbiy hududlarning katta qismini egallab, bevosita vorislarga aylandilar. Sharqiy hududlar buvayhiylar qoʻliga oʻtdi, janubiy qismlarni esa Kakuyiylar egalladi. Hasanvayhiylar ilgari nazorat qilgan barcha hududlarni oxir-oqibat Toʻgʻrulbek bosib oldi.

Sarmaj qasrini Hsanvayhiylar qurdirgan.

Hukmdorlari Hasanvayh (961—979) Badr ibn Hasanvayh (979—1014) Zohir ibn Hilol ibn Badr (1013—1014) Hilol ibn Badr (1014) Zohir ibn Hilol ibn Badr (1014—1015)

Manbalar

Adabiyotlar

.

Turkum:Kurd sulolalari Turkum:Hamadon ustoni tarixi Turkum:Kirmonshoh ustoni tarixi Turkum:Xuziston ustoni tarixi Turkum:Sulaymoniya ustoni tarixi Turkum:Luriston ustoni tarixi Turkum:Shia sulolalar Turkum:Kurdiston tarixiy hududlari