Abu Bakr Muhammad ibn Ammor ibn al-Husayn ibn Ammar al-Qudoiy (; 1031–1086; Ibn Ammar nomi bilan mashhur; ispan manbalarida Abenamar tarzida uchraydi) — silveslik arab shoiri.
Ibn Ammor Sevilladagi taifaning vaziri bo‘ldi. U kambag‘al va nomi chiqmagan bo‘lsa-da, sheʼriyatdagi mahorati yosh Abbod III al-Muʼtamid bilan yaqin do‘stlashishiga sabab bo‘ldi. Biroq al-Muʼtamidning otasi Abbod II al-Muʼtadid bu munosabatni maʼqullamadi va uni surgunga jo‘natdi.
Al-Muʼtamid otasi vafotidan biroz vaqt o‘tgach, uni bosh vazir etib tayinladi. Ibn Ammar shatranjda yengib bo‘lmas o‘yinchi sifatida shuhrat qozongan; Abdelvahid al-Marrakushiyga ko‘ra, uning bir o‘yindagi g‘alabasi Kastiliyalik Alfonso VI ni Sevilladan yuz o‘girishga ko‘ndirdi.
U Mursiya taifasini Sevilla qirolligiga qo‘shib olishni uyushtirdi va al-Muʼtamidni uni u yerga hokim etib tayinlashga ko‘ndirdi. O‘zini u yerning qiroli deb eʼlon qildi va al-Muʼtamid bilan aloqalarni uzdi. Tez orada hokimiyatdan qulab, pistirmada qo‘lga olindi va Sevillada qamoqqa tashlandi. Al-Mu’tamid dastlab uni avf etishga moyil edi, biroq keyinroq Ibn Ammarning qamoqdan yozgan xati qo‘liga tushgach, g‘azabi qo‘zidi. Shundan so‘ng qirol shoirni o‘z qo‘llari bilan qatl qildiIbn-Ammar.
Manbalar
Adabiyotlar Hitti, Philip K. History of the Arabs: From the Earliest Times to the Present (London: Macmillan, 1956) Sordo, Enrique Moorish Spain: Cordoba, Seville, Granada. (London: Elek Books, 1963) Watt, W. Montgomery A History of Islamic Spain (Edinburgh: Edinburgh University Press, 1965)
Turkum:1031-yilda tugʻilganlar Turkum:Portugaliyaning Silves shahrilik kishilar Turkum:1086-yilda vafot etganlar Turkum:Al-Andaluslik 11-asr yozuvchilari Turkum:11-asr arab tili shoirlari Turkum:O‘rta asr islom olamidagi vazirlar Turkum:Shatranj o‘yinchilari