NʼGolo Kanté (1991-yil 29-martda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi, Turkiya Superligasi ishtirokchisi „Fenerbahche“ va Fransiya terma jamoasida tayanch yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi. NʼGolo oʻz avlodining eng buyuk tayanch yarim himoyachilaridan biri sifatida tanilgan. Oʻzining chidamliligi va maydondagi ishchanligi bilan mashhur.

Kanté oʻzining professional karyerasidagi debyutini 2012-yilda „Boulogne“ safida oʻtkazgan. Liga 2 navbatdagi turida zaxiradan maydonga tushgan va keyingi yili uchinchi divizionda butun mavsum davomida oʻynagan. Shundan soʻng u Liga 2 vakili „Can“ klubiga erkin agent sifatida qoʻshilgan. Can jamoasi mavsum yakunida uchinchi oʻrinni egallagan va Liga 1 ga koʻtarilgan. U klubda yana bir yil qolgan va u yerda jamoani turnir jadvalining oʻrtalari oʻrin egallashida yordam bergan. 2015-yilda Kante „Lester Siti“ klubiga 5,6 million funt sterling evaziga qoʻshilgan.

Kante 2016-yilda kutilmaganda Premyer-liga chempioni boʻlgan „Lester Siti“ jamoasining ajralmas qismi edi. Keyingi yili u 32 million funt sterling evaziga „Chelsi“ klubi tarkibiga qoʻshilgan va yana bir bor liga gʻolibi boʻlgan. Bu uni 1992 va 1993-yillarda Eric Cantonadan beri turli klublar bilan ketma-ket Angliya ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Angliya tashqarisidagi oʻyinchiga aylantirdi. „Chelsi“ bilan u Angliya Kubogi, UEFA Yevropa Ligasi, UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon Kubogini qoʻlga kiritgan. „Chelsi“ klubida yetti mavsum oʻtkazgandan soʻng, u 2023-yil yozida Saudiya Arabistonining „Al-Ittihod“ klubiga erkin agent sifatida oʻtgan.

Kanté Premyer-liga mavsumining eng yaxshi oʻyinchisi, PFA oʻyinchilarining yilning eng yaxshi oʻyinchisi, FWA yilning eng yaxshi futbolchisi, UEFA erkaklar yarim himoyachisi va ikki marta „Chet eldagi eng yaxshi fransuz oʻyinchisi“ uchun UNFP kubogi bilan taqdirlangan.

Kante Fransiya terma jamoasi safida 2016-yilda kattalar terma jamoasi safida debyut qilgan va 2016-yilgi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan tarkibga kiritilgan. 2017-yilda Kante yetti yil ichida Premyer-ligadan oʻynagan futbolchi uchun birinchi marta Fransiyaning „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb topilgan va oʻn ikki oydan soʻng 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoaning asosiy aʼzosiga aylangan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Parijlik futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:US Boulogne futbolchilari Turkum:Stade Malherbe Caen futbolchilari Turkum:Leicester City F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Al-Ittixod (Jidda) klubi futbolchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Championnat National futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik musulmonlar