Mariam Bolkvadze (; 1998-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — gruziyalik tennischi.
2022-yil 7-mart kuni WTA reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 151-oʻringa koʻtarilgan boʻlsa, 2022-yil 21-mart kuni juftlik yoʻnalishida 204-oʻrinni egallagan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.
Gruziya Fed Cup jamoasi tarkibida oʻynagan Bolkvadze 2024-yil aprel holatiga koʻra Fed Cup musobaqalarida 18 ta oʻyindan 7 tasida gʻalaba qozongan va 11 tasida magʻlubiyatga uchragan.
Shaxsiy hayoti Bolkvadze 1998-yil 1-yanvarda Gruziyaning Batumi shahrida tugʻilgan. Sportchi 13 yoshida tennisdagi faoliyatini rivojlantirish maqsadida Birlashgan Qirollikka koʻchib oʻtgan. Dastlab u choʻqintirgan onasi bilan yashagan, ikki yildan soʻng esa boshqa oila bilan yashashni boshlagan. Oʻsha paytda sportchining sevimli tennischisi Mariya Sharapova boʻlgan. U gruzin, rus va ingliz tillarida ravon gaplasha oladi.
Manbalar
Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gruziyalik ayol tennischilar Turkum:Batumilik sportchilar