Angels Martinez Kastello (1948-yil 9-may — 2024-yil 1-sentabr) — ispaniyalik iqtisodchi va siyosatchi ayol. U 2015-yildan 2017-yilgacha Kataloniya parlamentida Barselona vakili sifatida faoliyat yuritgan.
Hayoti Martinez Kastello Mollet del Vallès shahrida tugʻilgan. U Ispaniyadagi Barselona universitetida tahsil olgan va iqtisodiyot boʻyicha doktorlik ishini olib borgan. Shu bilan birgalikda u savdo, falsafa, adabiyot va huquq yoʻnalishlarida ham tahsil olgan. Uning dissertatsiyasi iqtisodchi Fabian Estape rahbarligida yozilgan. Doktorlik dissertatsiyasidan soʻng Martines Barselona universitetining iqtisodiyot va biznes fanlari fakultetida professori boʻlib ishlagan. 1999-yilda u PCC vakili sifatida Yevropa parlamentiga saylovlarda koʻrsatilgan birinchi ayol nomzod boʻldi. 2004-yilgi saylovda esa ikkinchi oʻrinni egallaganiga qaramay, parlamentga saylanmadi. 2000-yilda Martines Pere Ardiaca nomidagi fond-jamgʻarmasining vitse-prezidenti boʻldi. Martines Kataloniyada tashkil etilgan Birlashgan va muqobil nomi ostidagi siyosiy partiyaning asoschisi edi. U yillar davomida ushbu partiyaning Milliy kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan. 2009-yilda Martines Castello „Dempeus per la Salut Pública“ sogʻliqni saqlash platformasiga asos solgan va keyinchalik unga raislik qilgan. 2015-yil may oyida Martinez Castello mahalliy saylovlar roʻyxatida 32-oʻrinni egallagan.Shundan soʻng Kataloniya parlamentiga deputat etib saylangan va bu lavozimda 2017-yilgacha faoliyat yuritgan. Martines Castells 2024-yil 1-sentyabrda 76 yoshida vafot etganMor Àngels Martínez Castells, l’activista que va treure les banderes espanyoles del Parlament .
Bahsli holat 2017-yil 7-sentabr kuni Kataloniya parlamentida „Respublikaning huquqiy oʻzgarishi va asoslanishi toʻgʻrisida“ qonun masalasi boʻyicha ovoz berish jarayonida shahar deputatlari va Kataloniya Xalq partiyasi deputatlari ushbu muhokamani Ispaniya Konstitutsiyasi va Avtonomiya nizomiga zid deb hisoblab, norozilik sifatida oʻz oʻrinlarini tark etgan hamda joylarida Ispaniya va Kataloniya bayroqlarini qoldirgan. Martinez Castello oʻz oʻrnidan turib, Ispaniya bayroqlarini olib tashlagan va faqat Kataloniya bayroqlarini qoldirgan. Ushbu bahsli harakat parlament raisi Carme Forcadell tomonidan tanqid qilingan hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilganUna diputada de Podem retira las banderas españolas que dejó el PP en el Parlament Àngels Martínez (Podem) considera a Puigdemont „presidente de la república“ .
Manbalar
Turkum:Ayollar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar