Üveys posho (1512—1547) — Usmoniylar imperiyasi hokimi, shuningdek, sulton Salim I Yovuzning nikohsiz oʻgʻli.
Kelib chiqishi XVI asr Usmoniylar tarixchisi Ali Mustafo afandining soʻzlariga koʻra, Salimning yoshlik chogʻlarida ismi nomaʼlum kanizagidan tugʻilgan bir oʻgʻli boʻlgan. Bu oʻgʻil Uvays posho edi. Sulton Salimning oʻgʻli, boʻlajak sulton Sulaymon I ning ham bundan xabari boʻlgan.
Uvaysning onasining ismi maʼlum boʻlmagan, u Usmoniylar haramidagi qizlardan biri edi, biroq intizomsiz xulqi sababli haramdan haydalgan. Usmoniylar anʼanasiga koʻra, bunday qizlar beyga yoki badavlat kishiga turmushga berilgan. Biroq u turmushga chiqqan paytida allaqachon sulton Salimdan homilador boʻlgan va Uvays posho oʻgay otasining uyida dunyoga kelgan.
Hayoti Sulton Salim oʻgʻlini asrab-avaylagan va Uvays tez orada imperiyaning yuqori martabali amaldoriga aylangan. Biroq Salim 1520-yilda vafot etgach, Uvays Usmoniylar taxtga daʼvo qilmagan, chunki Usmonliylar anʼanasiga koʻra, oʻgay ota nomi bilan tugʻilgan shahzodalarning taxtga chiqish huquqi boʻlmaganMilliyet newspaper 20 November 2011 . Keyinchalik sulton Sulaymon I taxtga oʻtirgan va ehtiyotkorlik yuzasidan Uvaysni ulkan imperiyasining eng chekka hududlarida ushlab turishga qaror qilgan. 1535-yilda Bagʻdod zabt etilganidan (hozirgi Iroq poytaxti) koʻp oʻtmay, Uvays Bagʻdod beklarbegi etib tayinlangan. 1545-yilda u Taizni (hozirgi Yamandagi shahar) zabt etish vazifasini olgan va bu ishda ham muvaffaqiyat qozongan.
Oʻlimi 1547-yilda Pahlavon Hasan ismli dengizchi Yamanda qoʻzgʻolon boshlagan. Qoʻzgʻolonni bostirishga uringan paytda Uvays qoʻzgʻolonchilar tomonidan oʻldirilganProf. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye tarihi Cilt II, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 p 295. Ali Mustafo afandining soʻzlariga koʻra, oʻgay ukasining oʻlimidan xabar topgan Sulaymon yigʻlab: „u mening ukam edi“, degan.
Manbalar
Turkum:1512-yilda tugʻilganlar Turkum:1547-yilda vafot etganlar Turkum:Posholar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Sultonlarning oʻgʻillari Turkum:Xalifalarning oʻgʻillari