Ummu al-Banin bintu Abdulaziz () — Umaviylar sulolasi malikasi, Umaviylar xalifasi al-Volid Ining asosiy xotini hamda Umaviy xalifasi Umar ibn Abdulazizning sakkiz nafar farzandidan biri.

Hayoti

Ummu al-Banin Umaviylar shahzodasi va Misrning qudratli noibi Abdulaziz ibn Marvon hamda uning uchinchi xotini Laylo binti Suhaylning qizi edi.

Uning bobosi Marvon Abdulazizni Abdulmalikdan keyin ikkinchi valiahd etib tayinlagan edi. Biroq Abdulmalik taxtga oʻz oʻgʻli al-Volid I () voris boʻlishini istagan va Abdulaziz bu oʻzgarishga qarshi chiqmaslikka koʻndirilgan. Natijada Abdulaziz milodiy 705-yil 12-mayda (hijriy 86-yil Jumoda al-avval oyining 13-kuni) vafot etgan, bu esa Abdulmalikdan toʻrt oy oldin sodir boʻlgan. Otasi vafotidan koʻp oʻtmay Abdulmalik oʻz oʻgʻlini valiahd etib tayinlgan.

Ummu al-Banin amakivachchasi al-Volidga turmushga chiqdi. Tarixchi Marsham qayd etishicha, al-Volidning birinchi amakivachchasi Ummu al-Baningga uylanishi Abdulmalik va uning otasi Abdulaziz ibn Marvonning „taqdirini bogʻlab qoʻygan“. Al-Voliddan uning Abdulaziz, Muhammad, Marvon va Anbasa ismli oʻgʻillari hamda Oisha ismli qizi boʻlgan. Tarixchi C. E. Bosvortga koʻra, otasi katta oʻgʻli Abdulazizni „oʻgʻillari orasidagi sayyid, eng kuchli feʼl-atvorli shaxs“ deb bilgan.

Ummu al-Baninning eri 715-yilda vafot etgan va undan keyin tayinlangan voris Sulaymon ibn Abdulmalik taxtga oʻtirgan. Sulaymon vafotidan soʻng esa Ummu al-Baninning akasi xalifa boʻldi, chunki qayinogʻasi (Sulaymon) oʻlim toʻshagida uning akasini oʻziga voris etib tayinlagan.

Ummu al-Banin oʻn toʻrt Umaviy xalifasidan oʻn bir nafari bilan qarindosh boʻlgani bilan tanilgan.

Qarindosh xalifalar

Ummu al-Banin Umaviylar hukmron xonadoni bilan ham ota tomondan, ham ona tomondan bogʻliq edi. U bir necha qudratli Umaviy xalifalari zamondoshi va qarindoshi boʻlgan.

No.Umaviy xalifalariQarindoshlik1 Marvon I Bobo2 Abdulmalik Amaki va qaynota3 al-Volid I Eri4 Sulaymon ibn Abdulmalik Amakivachcha va qayinogʻa5 Umar ibn Abdulaziz Aka6 Yazid II Amakivachcha va qayinogʻa7 Hishom ibn Abdulmalik Amakivachcha va qayinogʻa8 al-Volid II Jiyan9 Yazid III Jiyan10 Ibrohim ibn al-Volid Jiyan11 Marvon II Amakivachcha

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:720-yillarda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Umaviylar xalifaligidan bo‘lgan ayollar Turkum:Umaviylar xalifaligidan bo‘lgan 8-asr kishilari Turkum:Arab malikazodalari Turkum:8-asr arab shaxslari