Merceline Dahl-Regis — bagamalik shifokor va jamoat salomatligi mutaxassisi. U Bagama orollarining sobiq Bosh tibbiy xodimi boʻlib, Karib mintaqasida va xalqaro miqyosda jamoat salomatligini rivojlantirishdagi hissasi uchun tan olingan.

Biografiyasi Dahl-Regis 1960-yillarda G‘arbiy Hindiston universitetini tamomlab, tibbiyot darajasini olgan va Bagama orollarida tibbiyot yoʻnalishini tugatgan ilk ayollardan biri boʻlgan. U Johns Hopkins universitetida jamoat salomatligi bo‘yicha ta’lim olgan. Shuningdek, Howard universitetida pediatriya bo‘yicha rezidentura o‘tab, keyinchalik shu yerda o‘qituvchi lavozimida ishlagan.

Vataniga qaytgach, u Princess Margaret shifoxonasida ishlagan. 1997-yilda Bagama orollarining Bosh tibbiy xodimi etib tayinlangan.

2009-yilda u sogʻliqni saqlash boshqaruvi, ilmiy tadqiqotlar va tibbiy taʼlimga qoʻshgan hissasi uchun Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti mukofoti bilan taqdirlangan. U jamoat salomatligi tizimidagi innovatsiyalari, xususan, klinikalarda tibbiy boʻlmagan administratorlarni joriy etish orqali shifokorlarga bemorlarni davolashga koʻproq eʼtibor qaratish imkonini yaratgani bilan eʼtirof etilgan. Shuningdek, turizm sohasidagi bezgak epidemiyasini boshqarishda muhim rol oʻynagan.

2010-yilda u qizamiq, qizilcha va tug‘ma qizilcha sindromini Amerikalar mintaqasida yoʻq qilinganini tasdiqlash boʻyicha xalqaro ekspertlar qoʻmitasiga rais etib tayinlangan. 2016-yilda 22 yillik qizamiqqa qarshi emlash kampaniyasidan so‘ng mintaqa endemik qizamiqdan xoli deb e’lon qilingan.

2018-yilda Dahl-Regis Panamerika sog‘liqni saqlash tashkilotining “Amerikalar jamoat salomatligi qahramoni” mukofotini olgan. Taqdirlash marosimida Bagama bosh vaziri Hubert Minnis uning vaksina bilan oldi olinadigan kasalliklarni yo‘q qilishdagi hissasini yuqori baholagan. Shu yili u Bagama faxriy ordeni ofitseri unvoni bilan ham taqdirlangan.

2020-yilda global COVID-19 pandemiyasi davrida u Bagama hukumati pandemiyaga qarshi kurash shtabini boshqargan.

Tanlangan ilmiy ishlari

Manbalar