Shahzoda Ahmad Nuriddin afandi (;) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Abdulmajid I va uning xotinlaridan biri Mahitab Kadınning oʻgʻli.
Yoshligi Shahzoda Ahmad Nuriddin 1852-yil 31-martda Eski Çırağan saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Abdulmajid I sulton Mahmud II va Bezmiâlem Sultonning oʻgʻli, onasi esa Mahitab Kadın boʻlgan.
Nuriddin va uning aka-ukalari shahzodalar Mehmed Reshod (boʻlajak sulton Mehmed V), Shahzoda Ahmad Kamoliddin va Shahzoda Mehmed Burhoniddin 1857-yil 9-aprelda Dolmabahçe saroyida xatna qilingan. Abdulmajid 1861-yilda vafot etgach, Nuriddin onasi bilan Feriye saroyiga koʻchib oʻtgan.
Taʼlimi va faoliyati 1864-yil fevral oyida Nuriddin amakivachchasi Shahzoda Yusuf Izzeddin bilan birga Usmoniylar harbiy kollejiga qabul qilingan. Ularning murabbiyi Miralay Sulaymon bey edi. Yana bir murabbiyi esa keyinchalik Bosh vazir boʻlgan Ahmad Muxtor posho boʻlgan. 1865-yil 19-yanvarda harbiy kollejni bitirgach, Nuriddin Birinchi armiya tarkibidagi 3-Taliya batalyonining 5-diviziyasida xizmat qilgan. 1866-yil 2-iyulda unga oʻng qanot katta kapitani unvoni berilgan. Biroq keyinchalik u armiyani tark etgan.
Shaxsiy hayoti Nuriddinning yagona rafiqasi Nazli Emsal xonim edi. Emsal xonim 1852-yilda tugʻilgan. Ular 1870-yilda turmush qurishgan, biroq farzand koʻrishmagan. Emsal xonim 1870–1871-yillarda vafot etgan va Yahyo afandi qabristoniga dafn qilingan.
Nuriddin aka-ukalari Murod V va shahzoda Ahmad Kamoliddin kabi 1873-yilda Proodos (yunonchada „taraqqiyot“) mason lojasiga aʼzo boʻlgan. Bu loja 1867-yilda Istanbulning Beyoʻgʻli tumanida fransuzlarning „Grand Orient“ lojasi hamkori sifatida tashkil etilgan. Lojaning rasm-rusumlari turk va yunon tillarida olib borilgan.
Vafoti Shahzoda Nuriddin sil kasalligidan 1884-yil 3-yanvarda 31 yoshida vafot etgan va Istanbuldagi Yangi masjidda dafn qilingan. Uning akasi sulton Abdulhamid II oʻgʻillaridan biriga uning ismini qoʻygan.
Mukofotlari Harbiy tayinlovlar Harbiy unvonlar va armiyadagi lavozimlari Usmoniylar armiyasi katta kapitani, 1866-yil 2-iyul
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1852-yilda tugʻilganlar Turkum:1884-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Sultonlarning oʻgʻillari Turkum:Xalifalarning oʻgʻillari