Devlet Bahçeli (1948-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — turk siyosatchisi, iqtisodchi, sobiq bosh vazir oʻrinbosari, hozirda keskin oʻng qanot qarashlarga ega, ultra millatchi Millatchi harakat partiyasi (MHP) raisi. Turkiya siyosatida „qirol-yaratuvchi“ (kingmaker) sifatida taʼriflangan.
Gazi universitetida iqtisodiyot boʻyicha akademik boʻlgan Bahçeli „Kulrang boʻrilar“ tashkilotining asoschilaridan biri boʻlib, 1997-yilda Alparslan Türkeşning vafotidan keyin oʻtkazilgan ilk qurultoyda MHP raisi etib saylandi. U ilk bor Turkiya Buyuk Millat Majlisi 1999-yilgi umumiy saylovda Osmaniyedan deputat sifatida kirdi. 1999–2002-yillarda DSP–MHP–ANAP koalitsiyasida bosh vazir oʻrinbosari sifatida qatnashdi va oxir-oqibat hukumatning qulashiga olib keldi. Uning prtiyasi 2002-yilgi umumiy saylovda 10% minimal saylov koʻrsatkichidan past natija qayd etgach, Bahçeli raislik lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Biroq 2003-yilgi qurultoyda yana rais etib qayta saylandi. Bahçeli va uning partiyasi 2007-yilgi umumiy saylovda parlamentdagi oʻrinlarini qayta qoʻlga kiritganidan beri Buyuk Millat Majlisida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bahçeli dastlab 2000-yillar va 2010-yillar davomida Recep Tayyip Erdoğanning keskin tanqidchisi boʻlgan, biroq MHPning 2015-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan umumiy saylovdagi sust natijalaridan keyin partiya ichida inqiroz yuz bergach, bu holat oʻzgardi. Inqirozdan soʻng Bahçelining Erdoğanga yaqinlashuvi fonida partiyada boʻlinish yuz berdi va buning yakunida Meral Akshener 2017-yilda Yaxshi partiyani tuzdi.
Erdoğan Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AKP) bilan 2018-yilgi umumiy saylov uchun Xalq ittifoqi deb nomlangan saylov ittifoqini tuzdi va bu ittifoqni 2019-yilgi mahalliy saylovlar davomida ham saqlab qoldi.
Asarlari 2011 Seçim Beyannamesi Türkiye Gündemi ve Genelgeler Gizli Gündemler „Demokrasi, Özgürlük, Anayasa“ Millet ve Devlet Bekası İçin Güç Birliği Referanduma Doğru İstanbul’da Bayramlaşma Ülkü ve Şuur Bölücü Terörün Siyasallaşma Süreci (Yıkım Projesi) Bin Yıllık Kardeşliği „Yaşa ve Yaşat“ Mitingi „Var Ol Türkiye“ MHP 9. Olağan Büyük Kurultayı Çözülen Ülke Türkiye ve Tavrımız Çözülen Ülke Türkiye ve Ülkümüz MHP 40. Yıl — Bir Hilal Uğruna Ortak Akılda Buluşma Siyasi Hayat ve Normalleşme Süreci Yönetilmeyen Türkiye „Kutuplaşma, Kargaşa ve Kaos“ Teslimiyet ve Açılım Siyaseti „Demokrasi, Ekonomi, Güvenlik“ Terör Kıskacında Türkiye: Tarihi Uyarı
Manbalar
Havolalar
Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:Gazi universiteti akademik xodimlari Turkum:Arman genotsidini inkor etuvchilar Turkum:Turkiya bosh vaziri o‘rinbosarlari Turkum:Gazi universiteti bitiruvchilari Turkum:Turkiyadagi siyosiy partiyalar yetakchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turk millatchilari