Yuliya Vitalyevna Slutskaya (; 1964-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) — belaruslik jurnalist va sobiq siyosiy mahbus. Press Club Belarus hamda Belarus bilan birdamlik Axborot byurosi asoschisi.
Yoshligi va taʼlimi Slutskaya Belarus davlat universitetida sotsiologiya yoʻnalishida tahsil olgan. Oʻqishni tugatgach, bir necha yil universitetning sotsiologiya boʻlimida ishlagan.
Jurnalistika faoliyati Slutskaya 1994-yilda jurnalist sifatida ishlashni boshlagan, dastlab BelKP-Presda sotsiolog boʻlib faoliyat yuritgan. 1997-yilga kelib „Komsomolskaya Pravda v Belorussii“ gazetasi muharririga aylangan. Bu Belarusdagi rus tilida nashr etiladigan gazeta boʻlib, Slutskaya uning asoschilaridan biri hisoblangan. 2006-yilda u muharrirlikdan ketgan, bu paytga kelib gazetaning adadi deyarli 330 000 nusxani tashkil etgan va har bir sonning qariyb yarmi aynan Belarus masalalariga bagʻishlangan edi. Slutskaya 2006-yilgi Belarus prezidentlik saylovidan soʻng isteʼfoga chiqqan.
2007-yilda Slutskaya mustaqil radiostansiya boʻlgan Belarus uchun Yevropa radiosining bosh muharriri etib tayinlangan. U 2011-yil fevralida lavozimni ixtiyoriy ravishda tark etgan.
Faolligi 2010-yil fevral oyida demokratiyaparast va korrupsiyaga qarshi Tell the Truth (Haqiqatni ayt) kampaniyasi tashkil etildi. Ushbu kampaniya 2010-yilgi Belarus prezident saylovida Uladzimir Nyaklyayev nomzodini ilgari surdi. Slutskaya Nyaklyayev uchun media maslahatchisi boʻlib ishladi.
2011-yil yanvar oyida Slutskayaa Varshavadan turib Belarus bilan birdamlik boʻyicha Axborot byurosini tashkil etdi. Tashkilot Belarus masalasi muhokama qilinishi rejalashtirilgan Yevropa Parlamenti va Yevropa Kengashi sessiyalari arafasida Yevropa poytaxtlari boʻylab tashriflar uyushtirdi. Jumladan Polsha, Litva, Chexiya Respublikasi, Germaniya, Daniya, Niderlandiya va Shvetsiyani ham qamrab oldi. Guruh faoliyati uchrashuvlar oʻtkazish, konferensiyalar hamda fotokoʻrgazmalar tashkil etish va 2010-yilgi norozilik namoyishlari haqidagi filmni namoyish etishni oʻz ichiga olgan.
Keyinchalik Slutskaya Minskka qaytdi va 2015-yilda Press Club Belarus tashkilotiga asos soldi. U maʼruzalar va treninglar oʻtkazishdan tashqari Belarus OAVlarining jurnalistik standartlar va etikaga rioya etishini kuzatib bordi. 2020-yilda Slutskaya Press Club Belarus rasmiy taʼlim muassasasi — Press Club Akademiyasini tashkil etdi.
Manbalar
Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Belaruslik jurnalistlar Turkum:Belaruslik ayol jurnalistlar Turkum:Belaruslik inson huquqlari faollari Turkum:Belarus davlat universiteti bitiruvchilari