thumb|300px|Qozogʻiston pochta markasi thumb|200px|2020-yilda Yetti xazinaga bagʻishlab chiqarilgan tangalardan biri

Yetti xazina — qozoqlarning anʼanaviy dunyoqarashidagi falsafiy tushunchalardan biri. Qozoq xalqi Yetti xazinani erkak kishining hayoti bilan bogʻlab, unga quyidagilarni kiritadi: Yigit; Goʻzal ayol; Qumay tazi; Beren miltiq; Tulpor ot; Aql-bilim; Qiron burgut.

Boshqa variantlar

Yetti rizq Xalq Yetti xazinani hayot ehtiyojlarining asosi sifatida talqin qilgan. Qozoq xalqining Yetti xazinani — Yetti rizq deb atashining maʼnosi ham shunda. „Yetti rizq“ga quyidagilar kiradi: 1) Insonning aqli, tafakkuri. Chunki insoniyat aql orqali hayvonot dunyosidan ajralib, dunyo egasiga aylangan; 2) Sogʻliq, yaʼni tan salomatligi; 3) Oq roʻmol, yaʼni uy bekasi — erkakning umr yoʻldoshi, bolalarning onasi. Qozoq xalqi qadimdan „Ikki bosh boʻlmasa, ikki mol boʻlmaydi“ deb, ayolni hayot davomchisi sifatida ulugʻlagan; 4) Farzand. Bola — inson hayotining davomchisi va quvonchi; 5) Koʻngil. Koʻngil va niyat keng boʻlsa, totuvlik va baraka boʻladi; 6) Yer. „Yersiz — el yetim, ersiz — yer yetim“; 7) It. U azaldan insonning ishonchli hamrohi boʻlib kelgan.

Islom dinida Qidir (Xizr). U faqat oʻzi yoqtirgan insonlarga nasib etadi. Qidir nasib etgan inson boylikka erishadi degan tushuncha mavjud; Baxt — alohida yaratilgan qudrat egasi. Baxt berilmaydi, balki qoʻnadi. Baxt qoʻngan inson el va yerga egalik qiladi; Aql — boylik va baxtning tayanchi; Sogʻliq. Tanda salomatlik boʻlmasa, hayotda na bezak va na maʼno boʻladi deyiladi; Oq roʻmol. Diniy rivoyatlarga koʻra, Alloh insonni tuproqdan yaratib, unga jon bergach, inson naslini davom ettirish uchun uning chap qovurgʻasidan Momo Havoni yaratgan; Tuz — Allohning insonlar va jonivorlarga bergan rizqi, tugamaydigan neʼmati; It — Odam Ato va Momo Havoning ilk hamrohi va himoyachisi. Ushbu islomiy rivoyatdagi Yetti xazina Allohning moʻjizasi bilan yuz beradi. Bundan maqsad — „Barcha ish Allohning irodasidadir, xudosiz qamish ham sinmaydi“ degan maʼnoni anglatadi.

Boshqa xalqlarda Yetti xazina tushunchasi boshqa xalqlarda ham uchraydi. Masalan, yunon afsona va rivoyatlarida Yetti xazina boshqacha talqin qilinadi: 1) Moviy osmon. U olam sirlarini oʻz bagʻriga sigʻdirib, ularning oʻz holatini saqlab turadi; 2) Quyosh. U olamdagi tiriklikni boshqaradi. Barcha mavjudot Quyosh nuridan oziq oladi; 3) Oy. Tungi hayot manbai. Oy tun qorongʻusida tabiatni yoritib, tebrantirib turadi; 4) Olov. Olov — Quyoshning yerdagi aksi. Odamlar olovdan foydalanish orqali dunyoning toʻrt tomoniga tarqalgan; 5) Suv. Suvsiz hayot yoʻq. Suv yerga quvvat, oʻsimliklar va jonivorlarga oziq hamda goʻzallik beradi; 6) Yer. Yer — hayot onasi. U jonivorlar va oʻsimliklar olamiga koʻrk, qiyofa va shakl beradi; 7) It — Odam Ato va Momo Havoning jannatdan quvilib, yerga tushganidagi ilk hamrohi, doʻsti va himoyachisi. Shu sababli u Yetti xazinadan biri hisoblanadi"Qazaqstan": Ұlttiq ensklopediya/Bas redaktor Ә. Nisanbaev — Almati „Qazaq ensiklopediyasi“ Bas redaksiyasi, 1998 ISBN 5-89800-123-9.

Manbalar

Turkum:Yetti xazina