Atefe Ahmadiy (; 2000-yil 23-dekabrda tugʻilgan) — eronlik togʻ changʻichiIranian womenʼs ski coach barred from going to world championships by husband. 2018-yilgi togʻ changʻi sporti boʻyicha Osiyo chempionatining Super-G yoʻnalishida kumush medal sovrindori.
Ahmadiyning otasi Eron milliy kross-changʻi jamoasi aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, u Atefe va uning singlisi Hadisning ilk murabbiyi hisoblanadiIranian female skier cuts icy path to Beijing Olympics.
Sportchi 2017-yildan beri kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnashib keladi. U Darbandsarda oʻtkazilgan Milliy chempionatda oʻzining ilk oltin medalini qoʻlga kiritgan. Gigant slalom musobaqasida Ahmadiy tajribali raqiblari Forugʻ Abbosiy va Marjon Kalhorni ortda qoldirishga muvaffaq boʻlganIranian Championship. Giant slalom. Results..
Ahmadiy 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. U Pekinda boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Qishki Olimpiada musobaqalarida ishtirok etgan. Ahmadiy ushbu sport turi boʻyicha Eron sharafini himoya qilgan yagona ayol sportchi, shuningdek, musobaqaning ochilish marosimida Eron bayroqdori ham boʻlgan. 2023-yil yanvar oyida u Germaniyadan siyosiy boshpana soʻrab ariza bergan. Rasmiy maʼlumotga koʻra, Ahmadiy fevral oyida Fransiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish uchun Yevropaga borganIranische Olympionikin beantragt Asyl in Deutschland, 1. February 2023.
2023-yil dekabr oyida Ahmadiy siyosiy qochqin maqomini olgan ilk Xalqaro changʻi va snoubord federatsiyasi sportchisiga aylangan.
2025-yil dekabr oyida sportchi Instagram sahifasida Eronga qaytganini yozgan. Unga integratsiya jarayonida stipendiya bilan koʻmaklashgan Germaniya olimpiya sport konfederatsiyasi Ahmadiyning Eronga qaytgani haqida hech qanday maʼlumotga ega emasligini maʼlum qilgan.
Manbalar
Havolalar
Atefeh Ahmadi Eurosport saytida Atefeh Ahmadi The-Sports.org saytida
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eronlik ayol togʻ changʻichilari Turkum:21-asr eronlik ayol sportchilar Turkum:2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan togʻ changʻichilari Turkum:Tehronlik changʻichilar