Erin OʻBrien (1965-yilda tugʻilgan) — Klivlend (Ogayo) hududida ijod qiluvchi amerikalik badiiy va hujjatli asarlar muallifi, yozuvchi.
U 2006-yildan 2010-yilgacha dastlab „Cleveland Free Times“, keyinchalik esa „Cleveland Scene“ nashrlari uchun ikki haftada bir marotaba chop etiladigan „Rainy Day Woman“ ruknini yuritgan. Shuningdek, uning ocherk va esselari „The Plain Dealer“Michael Heaton, "Erin O'Brien keeps the flame for her brother, author John O'Brien, while staring her own literary fire", The Cleveland Plain Dealer, September 25, 2009 (accessed 23 Feb. 2016), „The New York Times“Erin O'Brien, "Meanwhile, Back in Cleveland..." New York Times, July 10, 2010 (accessed 23 Feb. 2016), „Los Angeles Times“ kabi nufuzli nashrlarda ham eʼlon qilingan. OʻBrienning „Harvey and Eck“ nomli ilk romani 2005-yilda „Zumaya Publications“ nashriyoti tomonidan chop etilganMaryann Miller, Book Reviews: Harvey and Eck, Forward Reviews, August 18, 2009 (accessed 24 Feb. 2016). Uning „The Irish Hungarian Guide to the Domestic Arts“ deb nomlangan birinchi hujjatli-publisistik kitobi esa 2012-yilda „Red Giant Books“ nashriyotida yuz koʻrganRed Giant Books, Authors (accessed 24 Feb. 2016).
OʻBrien „The Erin OʻBrien Owner’s Manual for Human Beings“ nomli shaxsiy blogini yuritadi.
Erin OʻBrien mashhur „Leaving Las Vegas“ (Las-Vegasni tark etib) romani muallifi, yozuvchi Jon OʻBrienning (John OʻBrien) singlisidir. Jon OʻBrien vafot etgan paytda uning „The Assault on Tony’s“ (Grove Press, 1996) romani tugallanmay qolgan edi. Erin ushbu asarni oxiriga yetkazdi va kitob muallifning vafotidan keyin chop etildiJeff Kunerth, "Alcohol Fuels the Plot, Characters in O'Brien's Final Work," Chicago Tribune, August 7, 1996 (accessed 23 Feb. 2016).
OʻBrien besh yil davomida Ogayo shtatining Broadview Heights shahridagi „Broadview Journal“ nashrida muharrir boʻlib ishlagan. Hozirda u „Freshwater Cleveland“ saytining boshqaruvchi muharriri (managing editor) hisoblanadiFreshwater Cleveland, About Managing Editor: Erin O'Brien (accessed 23 Feb. 2016).
U ,shuningdek, Erin Nowjack taxallusi ostida ham ijod qiladi"Erin O’Brien interview," QRD, No. 29, November 28, 2005 (accessed 23 Feb. 2016).
Manbalar
Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Yozuvchilar