Gigliola Cinquetti (italyancha talaffuzi: [dʒiʎˈʎɔːla tʃiŋˈkwetti]; tugʻilganida berilgan ismi — Giliola Cinquetti; 1947-yil 20-dekabr) — italiyalik xonanda, qoʻshiq muallifi va teleboshlovchi.

Hayoti va karyerasi Gigliola Cinquetti Italiyaning Verona shahrida, badavlat oilada dunyoga kelgan. U 9 yoshidan 13 yoshigacha fortepiano chalishni oʻrgangan, ushbu cholgʻudan saboqlar olgan hamda musiqa nazariyasi boʻyicha imtihonlar topshirgan. U rassomlik va tasviriy sanʼatni juda yaxshi koʻradi.

16 yoshida u 1964-yilgi Sanremo Music Festivalda debyut qilib, Non ho l’età („Men hali yoshman“) qoʻshigʻini ijro etgan holda gʻolib boʻlgan. Qoʻshiq musiqasi Mario Panzeri tomonidan bastalangan, soʻzlari esa Nicola Salernoga tegishli edi. Ushbu gʻalaba xonandaga 1964-yilda Kopengagenda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovida xuddi shu taronani ijro etgan holda Italiya sharafini himoya qilish imkonini berdi va u mazkur tanlovda mamlakat tarixidagi ilk gʻalabani qoʻlga kiritdi. Cinquetti 16 yosh-u 92 kunligida tanlovning oʻsha davrdagi eng yosh gʻolibiga aylangan. Bu koʻrsatkich faqatgina 1986-yilda 13 yoshli Sandra Kim tomonidan yangilanganOʻConnor, John Kennedy. The Eurovision Song Contest — The Official Celebration. Carlton Books, 2015. . Pages 32-33.

Xalqaro miqyosda ulkan muvaffaqiyat qozongan ushbu tarona Buyuk Britaniya singllar xit-paradida naqd 17 hafta davomida oʻz oʻrnini saqlab qolgan va 1964-yil yakunlariga koʻra mamlakatda eng koʻp sotilgan singllar roʻyxatida 88-oʻrinni egallagan. Bu italyan tilidagi asarlar uchun oʻsha davrda juda kam kuzatiladigan noyob hodisa edi. Ushbu tarona uch milliondan ortiq nusxada sotilgan va 1964-yilning avgust oyida platinaviy disk mukofoti bilan taqdirlangan. 1966-yilda u „Dio, come ti amo“ („Xudo, seni qanday sevaman“) qoʻshigʻini ijro etgan va bu asar ham xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyat qozongan.

Xonandaning yana bir taronasi — 1973-yilda ommaga taqdim etilgan „Alle porte del sole“ kompozitsiyasi ilk bor eʼlon qilinganidan ikki yil oʻtib, Al Martino tomonidan ham ingliz tilida („To the Door of the Sun“ nomi bilan), ham italyan tilida qayta kuylangan. Mazkur inglizcha versiya Billboard Hot 100 xit-paradida 17-oʻringacha koʻtarilgan. Cinquetti ijrosidagi inglizcha versiya 1974-yilning avgust oyida „CBS Records“ ovoz yozish studiyasi tomonidan alohida singl sifatida ommaga taqdim etilgan. Singlning B tomoniga esa qoʻshiqning 1973-yilda yozilgan asl italyancha talqini joylashtirilgan.

Chinquetti 1974-yilda Brightonda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanloviga qaytdi va unda yana bir bor Italiya sharafini himoya qildi. U tanlovda Sì" („Ha“) nomli taronani ijro etib, 18 ball bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Mazkur qoʻshiqning musiqasi va matni Mario Panzeri, Daniele Pace, Lorenzo Pilat hamda Carrado Conti tomonidan yozilgan edi. Tanlovda esa 24 ball toʻplagan Shvetsiyaning „ABBA“ guruhi oʻzining „Waterloo“ hiti bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Italiyaning RAI milliy teleradiokompaniyasi xonandaning chiqishini jonli efirda koʻrsatishni taqiqlab qoʻydi. Bunga mazkur tadbir mamlakatda bir oydan keyin — may oyida boʻlib oʻtishi belgilangan ajralishlar boʻyicha umumxalq referendumi targʻibot-tashviqot ishlari qisman toʻgʻri kelib qolgani sabab boʻlganOʻConnor, John Kennedy. The Eurovision Song Contest — The Official History. Carlton Books, UK. 2007 . RAI qoʻshiq nomi va matnida „Sì“ (Ha) soʻzining tinimsiz takrorlanishi saylovchilarga yashirin taʼsir (subliminal xabar) oʻtkazishi hamda referendumda Italiya xalqini „Ha“ deb ovoz berishga undovchi targʻibot turi sifatida baholanishidan xavfsirab, taronani senzuraga uchratdi. Natijada, qoʻshiq bir oydan ortiq vaqt davomida Italiya davlat teleradiokompaniyalarining aksariyatida efirga uzatilmadi. Keyinchalik Chinquetti ushbu qoʻshiqni ingliz („Go (Before You Break My Heart)“), fransuz („Lui“), nemis („Ja“) va ispan („Sí“) tillarida ham yozdi. Qoʻshiqning inglizcha versiyasi 1974-yilning iyun oyida Buyuk Britaniya singllar xit-paradida 8-oʻringacha koʻtarildi.

U Salernodagi sanʼat maktabini tamomlagan, shuningdek, oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega boʻldi. 1979-yilda xonanda Luciano Teodori bilan oila qurdi. Ularning Giovanni va Costantino ismli ikki farzandi bor. Shuningdek, Chinquettining Rosabianca ismli opasi (singlisi) hamda Luigi and Sara ismli ota-onasi bor.

1990-yillarda Chinquetti professional jurnalistika va teleboshlovchilik faoliyatini boshladi. U boshqa loyihalar qatorida, „RAI International“ telekanalida efirga uzatiladigan „Italia Rai“ ijtimoiy-siyosiy koʻrsatuviga ham boshlovchilik qildi. Keyinchalik u 1991-yilda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovida Toto Cutugno bilan birgalikda boshlovchilik qildi. Cutugno oʻtgan yili Zagrebda gʻalaba qozonib, ushbu tadbirni Italiyaga olib kelgan edi. Bu gʻalaba mamlakat uchun Chinquettining 26 yil oldingi muvaffaqiyatidan keyingi ilk gʻalabasi edi.

2008-yilda Chinquetti Italiya va butun dunyoda koʻrsatgan yuksak xizmatlari hamda professional faoliyati uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi. 2014-yilda esa xonandaning avtobiografik kitobi nashr etildi.

2022-yilda Turinda boʻlib oʻtgan tanlovning final bosqichida Chinquetti yana Eurovision sahnasiga qaytdi va ovoz berish jarayonidagi tanaffus paytida oʻzining mashhur „Non ho l’età“ taronasini ijro etdi.

Sanremo musiqa festivalidagi ishtiroki Gigliola Cinquetti oʻz faoliyati davomida nufuzli Sanremo musiqa festivalida jami oʻn ikki marotaba ishtirok etgan. Xonandaning festivaldagi chiqishlari quyidagilardan iborat: 1964: „Non ho l'età (per amarti)“ — Patricia Carli bilan birgalikda — 1-oʻrin (Gʻolib) 1965: „Ho bisogno di vederti“ — Connie Francis bilan birgalikda — Finalchi 1966: „Dio, come ti amo“ — Domenico Modugno bilan birgalikda — 1-oʻrin (Gʻolib) 1968: „Sera“ — Giuliana Valci bilan birgalikda — 8-oʻrin 1969: „La pioggia“ — France Gall bilan birgalikda — 6-oʻrin 1970: „Romantico blues“ — Bobby Solo bilan birgalikda — 6-oʻrin 1971: „Rose nel buio“ — Ray Conniff bilan birgalikda — 9-oʻrin 1972: „Gira l’amore (Caro bebè)“ — 9-oʻrin 1973: „Mistero“ — Saralashdan oʻtmagan 1985: „Chiamalo amore“ — 3-oʻrin 1989: „Ciao“ — 18-oʻrin 1995: „Giovane vecchio cuore“ — 14-oʻrin

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari Gigliola Cinquetti (1964) La rosa nera (1967) Gigliola per i più piccini (1967) L’orage (1969) Il treno dell’amore (1969) Cantando con gli amici (1971) … E io le canto così (1972) Fidèlement votre… (1972) Su e giù per le montagne (1972) Stasera ballo liscio (1973) Bonjour Paris (1974) Auf der Strasse der Sonne (1974) Go (Before You Break My Heart) (1974) Gigliola e la banda (1975) Pensieri di donna (1978) Il portoballo (1982) Tuttintorno (1991) Giovane vecchio cuore (1995) I successi (1999) 20.12 (2016)

Xit-paradlarda oʻrin olgan singllari Yil Singl Xit-paradlardagi eng yuqori oʻrinlariITSpinetoli, John Joseph. Artisti in Classifica: I Singoli: 1960–1999. Milano: Musica e dischi, 2000BE (FLA)BE (WA)FRAGERIREJAPNLNORQUESASPAUK1964"Non ho l'età"111134—23—4—17"No tengo edad para amarte" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)———————————1—"Il primo bacio che darò"111627——————————"El primer beso" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)———————————4—"Oh warum" (faqat Germaniyada chiqarilgan)————31————————1965"Ho bisogno di vederti"7————————————1966"Dio come ti amo"5——————————5—1967"La rosa nera"5————————————1968"Sera"9————————————"Giuseppe in Pennsylvania"17————————————"Quelli erano giorni"6————————————1969"La pioggia"2—75——6——————"L’orage"——74—————————"Il treno dell’amore"25————————————"Hello Nadine"—————————————"La pioggia" (Yaponcha versiyasi; faqat Yaponiyada chiqarilgan)——————61——————"La lluvia" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)———————————24—"Come una foglia" (faqat Yaponiyada chiqarilgan)——————94——————1970"Romantico blues"14————————————"Volano le rondini"——————14——————1971"La domenica andando alla messa"25————————————"Le bateau-mouche" (faqat Kanada va Fransiyada chiqarilgan)——4878—————————"Rose nel buio"9—————32——————"Amarti e poi morire"18————————————"Qui comando io"13————————————1972"Gira l’amore"10—————90——————"Un coin de terre, un olivier" (faqat Fransiyada chiqarilgan)———37—————————1973"El domingo yendo a misa" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)———————————19—"Tango delle capinere"15————————————"La spagnola"20————————————1974"Alle porte del sole"1—49——————————"Dernière histoire, premier amour" (faqat Fransiya va Belgiyada chiqarilgan)——49——————————"Si"17306—13————————"Lui" (faqat Fransiya va Belgiyada chiqarilgan)——6——————————"A las puerto del cielo" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)———————————15—"Go (Before You Break My Heart)"—————6——————8"Ja" (faqat Germaniya chiqarilgan)————45————————"The Door of the Sun"——————————6——1976"La primavera" (faqat Fransiya va Portugaliyada chiqarilgan)——1760—————————"Comment fait-elle, dis-moi?" b/w „La Joconde“ (faqat Kanadada chiqarilgan)—————————108———1985"Chiamalo amore"14————————————1986"Una donna distante"48————————————"—" belgisi xit-paradga kirmagan yoki ushbu mamlakatda sotuvga chiqarilmagan albomni anglatadi.

Filmografiyasi Filmlar YilFilm nomiRolIzohlar1964Canzoni, bulli e pupeOʻziCameo koʻrinishi1965008: Operazione ritmoGigliolaQuesti pazzi, pazzi italiani1966BlockheadAngelinaDio, come ti amo!Gigliola de Francesco1968Il professor Matusa e i suoi hippiesOʻziCameo koʻrinishi2001The Knights of the QuestBosh rohiba

Televideniye YilNomiRolIzohlar1965Ciao ItaliaXonandaTelevision film1966Io, GigliolaOʻzi/ijrochiMaxsus son1968Le mie prigioniZanzeMini-serial (4 qism)Addio giovinezza!DorinaTelevision film1972Il bivioLallaMini-serial (2 qism)1977L’amico della notteOʻzi/boshlovchiMusiqiy dastur1981–1982Linea verdeOʻzi/hammuallif-boshlovchiSayyohlik dasturi (1-fasl)1981, 1986Castrocaro Music FestivalOʻzi/boshlovchiHar yilgi musiqiy festival1987UnomattinaOʻzi/muxbirTok-shou (2-fasl)1988–1989Via Telauda 66 Oʻzi/doimiy mehmon Koʻngilochar shou1991Eurovision Song ContestOʻzi/boshlovchiHar yilgi musiqiy festival1991–1992Festa di compleannoKoʻngilochar shou1995Napoli prima e dopoMaxsus son1999–2002CommesseClara MassimiBosh rol (12 qism)2011Attenti a quei due — La sfidaOʻzi/hakamKoʻngilochar shou (2-fasl)2012Tale e quale showOʻzi/ishtirokchiIqtidorlar shousi (2-fasl)2022Eurovision Song ContestOʻzi/xonanda (-yilgi gʻolib qoʻshigʻini ijro etmoqda)Har yilgi musiqiy festival2025Ora o mai piùOʻzi/murabbiyIqtidorlar shousi (3-fasl)

Manbalar

Turkum:Italiyalik qo'shiqchilar Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovining gʻoliblari Turkum:Eurovision ishtirokchilari