Gʻavras ibn al-Horis, shuningdek, Duʼsar ibn al-Horis nomi bilan ham tanilgan, paygʻambar Muhammadning sahobasi. Zul-Amrga hujum chogʻida paygʻambar Muhammadga suiqasd qilishga uringan birinchi shaxs boʻlgan.

Suiqasdga urinish Musulmon olimi Sami Strauchning maʼlumotlariga koʻra, „Sahihi Buxoriy“ asarida shunday rivoyat qilinadi: yomgʻir yogʻayotgan paytda paygʻambar Muhammad kiyimlarini yechib, quritish uchun daraxtga ilib qoʻyadi. Dushman kuzatib turgan bir paytda Gʻavras ibn al-Horis paygʻambar Muhammadga hujum qilish uchun keladi. U qilichi bilan Muhammad paygʻambarga tahdid qilib: „Bugun seni mendan kim himoya qiladi“, – deydi. Ulamolarning soʻzlariga koʻra, shundan soʻng Jabroil farishta paydo boʻlib, Gʻavrasning koʻksiga uradi va u qilichini tushirib yuboradi. Shundan keyin paygʻambar Muhammad qilichni olib: „Seni mendan kim himoya qiladi“, – deydi va uni afv etadi.

Yana qarang Muhammadning yurishlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Sahobalar