Claudette Buttigieg (qizlik familiyasi Pace; 1968-yil 8-fevralda tugʻilgan) — maltalik siyosatchi, parlament aʼzosi, parlament spikeri oʻrinbosari, sobiq teleboshlovchi va xonanda.

Shaxsiy hayoti va karyerasi Naxxar shahrida tugʻilgan Buttigieg 2000-yil yanvar oyida „Malta Song for Europe“ tanlovida „Desire“ qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqqan. Mazkur qoʻshiq uning ilk va yagona singli hisoblanadiClaudette Pace / Lyrics. U „Eurovision–2000“ tanlovidan oldin Germaniya, Avstraliya va mezbon mamlakat boʻlgan Shvetsiya boʻylab gastrol safarlarida boʻlgan. Tanlovda esa „Desire“ qoʻshigʻi bilan sakkizinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik ushbu qoʻshiq Buyuk Britaniyadagi 2001-yilgi gey-prayd tadbirining rasmiy qoʻshigʻi sifatida tanlangan. Buttigieg Maltadagi uch asosiy telekanal — One TV, NET TV va TVM bilan ishlagan yagona teleboshlovchi boʻlgan. Siyosatga kirganidan soʻng u milliy televideniye — TVMdagi boshlovchilik faoliyatini davom ettirmagan.

Siyosiy karyerasi U 2013-yilda Millatchilar partiyasi aʼzosi sifatida 8-okrugdan Malta parlamentiga saylanganHon. Claudette Buttigieg MP .

U 2017-yilgi umumxalq saylovida qayta saylanib, Spiker oʻrinbosari etib tayinlangan. Shuningdek, u 2022-yilgi Maltadagi umumxalq saylovida ham qayta saylangan.

Diskografiyasi Singllar NomiYilChartdagi eng yuqori natijasiAlbomDesire2000—rowspan=2 Manbalar

Turkum:Maltalik Eurovision qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:8-fevralda tugʻilganlar Turkum:Maltalik siyosatchilar